Jahon

Insoniyat Xirosimadan kerakli xulosa chiqarganmi?

Bugun insoniyatga qarshi ilk bor yadro quroli qo‘llanganiga 77 yil to‘ldi.

Insoniyat Xirosimadan kerakli xulosa chiqarganmi?

 


“1945 yil 6 avgust men uchun alohida ahamiyatga ega kun, bu mening ikkinchi tug‘ilgan kunim. Ustimizga bomba tashlanganda 9 yoshda edim. Men hodisa paytida o‘z uyimda, portlash episentridan 2 kilometr uzoqda edim. Kutilmagan uchqun boshim ustidan zarba berdi. U butun Xirosimani o‘zgartirib yubordi. Bu sahnani ta’riflash qiyin. Bu yerdagi jahannamga o‘xshaydi”. 

 

Bu Xirosimada atom bombasi portlashidan omon qolgan Mitimasa Xirataning xotiralari. Bundan 77 yil avval insoniyatga qarshi ilk bor yadro quroli qo‘llanildi.  

 

Yaponiya 6 avgust kuni Xirosima, 9 avgust kuni Nagasakidagi atom bombasi portlashi oqibatida yarim million odam halok bo‘lganini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, yuz minglab insonlar nurlanish qurboniga aylanadi. 

 

Oradan 80 yilga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, dunyo ushbu tahdiddan to‘liq qutulgani yo‘q. Xirosima va Nagasaki saboqlari hali to‘liq o‘zlashtirilmagan. Afniqsa, so‘nggi yillarda yadro urushi xavfi bir necha barobarga ortgan. Ukraina mojarosi boshlangach, bu xavotirlar yana-da ortgan. 

 

“Yadro klubi”ga kimlar a’zo?

 

“Yadro klubi” deganda ushbu turdagi qurolga ega davlatlar tushuniladi. Hozirda rasman AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Rossiya, Isroil, Hindiston, Pokiston va Shimoliy Koreya yadro quroliga egaligini tan olgan. 

 

1968 yil Nyu Yorkda o‘sha paytda eng yirik atom arsenaliga ega besh davlat — AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Sobiq Ittifoq tomonidan Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolanadi. 

 

Ammo Pokiston, Hindiston va Isroil bu kelishuvga qo‘shilmagan, bu ularning yadro quroliga ega bo‘lishi uchun “bahona” vazifasini o‘tadi. KXDR esa 90 yillarning boshida undan chiqib ketadi. 

 

Dunyoda qancha yadro quroli bor?

 

Dunyodagi 90 foiz yadro qurollari AQSH va Rossiyaga tegishli. Ularning har birida 5 mingdan ushbu turdagi raketalar bor. Xususan, RFda 5977 dona, AQSHda 5428 dona yadro qurollari mavjud. Undan keyingi o‘rinda Xitoy (350 ta), Fransiya (290 ta), Buyuk Britaniya (225 ta), Pokiston (165 ta), Hindiston (160 ta), Isroil (90 ta), Shimoliy Koreya (20 ta) turibdi.

 

Yadro quroliga ega bo‘lib, undan voz kechgan davlatlar bormi?

 

Dunyoda yadro quroliga ega bo‘lib yoki uni yaratishga yaqin turgan holatda undan voz kechgan davlatlar ham bor. Masalan, JAR va Liviya atom bombasiga ega bo‘lishga bir qadam qolganda rejalarini bekor qilgan. 

 

Sobiq ittifoq tarqalib ketgandan so‘ng uning yadro qurollari Rossiyadan tashqari uch davlat: Ukraina, Qozog‘iston va Belarusda qoladi. Ular o‘z xohishi bilan undan voz kechishga qaror qiladi va shunda Lissabon protokoli imzolanadi. 

 

90 yillar boshida Ukraina vaqtinchalik dunyodagi uchinchi (Rossiya va AQSHdan keyin) eng yirik yadro arsenaliga ega bo‘ldi. Ammo 1994 yilgi Budapesht memorandumi asosida Kiyev bu turdagi qurolladan butunlay voz kechadi, AQSH va Rossiya esa uning hududiy yaxlitligi hamda suvereniteti kafolatchisi bo‘lishga va’da beradi. 


Yadro urushi sivilizasiya uchun juda katta tahdid bo‘lib qolmoqda. Sayyorada Yerni bir necha marta yo‘q qilib tashlash uchun yetarli zaxiralar bor. Bundan tashqari, turli terrorchi va radikal guruhlarning atom bombasiga ega bo‘lishi xavfi mavjud. Bu esa vaziyatni keskin o‘zgartirishi, misli ko‘rilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. 


Yana bir xavfli tomoni dunyo siyosatidagi turli hodisalar ayrim davlatlarda yadro quroli xavfsizlikning birdan bir kafolati degan tasavvurni vujudga keltirmoqda. Ammo BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish aytganidek, “yadro quroli xavfsizlik haqida yolg‘on tasavvur beradi”.

 

Muallif: Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"