Jahon

AQSH Jahon chempionati hakamini mamlakatga kiritmadi

U Jahon chempionati uchrashuvini boshqaradigan ilk somalilik hakam bo‘lishi kutilayotgandi.

AQSH Jahon chempionati hakamini mamlakatga kiritmadi

AQSh hukumati somalilik futbol hakami Umar Abdulqodir Artanning mamlakatga kirishiga ruxsat bermadi. Shu sababli u 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati doirasidagi faoliyatini boshlay olmaydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

FIFA ma’lumotiga ko‘ra, Artan dam olish kunlari AQSh hududiga kiritilmagani sababli turnir oldidan mashg‘ulotlarda qatnasha olmaydi va musobaqa o‘yinlarini boshqara olmaydi. U Jahon chempionati uchrashuvini boshqaradigan ilk somalilik hakam bo‘lishi kutilayotgandi.

 

Somali hukumati hakamning AQShga kirishiga ruxsat berilishi uchun AQSh va FIFA bilan muzokaralar olib borganini, biroq bu urinishlar samara bermaganini ma’lum qildi. Mamlakat Sport vazirligi Artanning xalqaro maydondagi yutuqlari Somali xalqi uchun faxr manbai ekanini ta’kidladi.

 

Reuters agentligiga ko‘ra, Somali rasmiylari hakamning turnirda ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.

 

FIFA esa immigratsiya va viza masalalari mezbon davlat vakolatiga kirishini bildirib, tashkilot bunday qarorlarni qabul qilish jarayonida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. FIFA rasmiy saytida Artan qaysi uchrashuvni boshqarishi kerak bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.

 

AQSh Bojxona va chegara nazorati xizmati ma’lum qilishicha, shanba kuni Istanbuldan Mayamiga kelgan Somali fuqarosi qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilgan va tekshiruv natijalari asosida mamlakatga kiritilmagan. Idora bunday qaror milliy xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish va immigratsiya ma’lumotlari asosida har bir holat bo‘yicha alohida qabul qilinishini bildirgan.

 

OAV xabarlariga ko‘ra, 2025-yilda Afrikaning eng yaxshi erkak hakami deb topilgan Artanda AQShga kirish uchun amaldagi viza mavjud bo‘lgan.

 

Artanning o‘zi esa vaziyatga qaramay, hakamlik faoliyatini davom ettirish va kelajakdagi vazifalarga e’tibor qaratishini ma’lum qilgan.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.