Jahon

Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfonlardan foydalanish taqiqlandi

Taqiqni buzgan amaldorlar harbiy sudga tortilishi mumkin.

Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfonlardan foydalanish taqiqlandi

 

Tolibon harakati yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda davlat xizmatchilari va guruh a’zolariga smartfonlardan foydalanishni taqiqlovchi farmon chiqardi. Bu haqda Afghaniston International xabar berdi.

 

Hujjatga ko‘ra, taqiq barcha hukumat xodimlariga tatbiq etiladi va uning bajarilishi maxsus harbiy sudlar hamda xavfsizlik idoralari tomonidan nazorat qilinadi. Qoidani buzgan shaxslar “huquqbuzar” sifatida baholanib, harbiy sudga tortilishi mumkin.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Adliya vazirligi ushbu farmonni mamlakatning sakkizta hududiy zonasida harbiy sudlar rahbarlariga yetkazgan. Shuningdek, politsiya bo‘limlari va xavfsizlik xizmatlari rahbarlari ham tegishli ko‘rsatmalar bilan tanishtirilgan.

 

Nazoratni ta’minlash maqsadida maxsus reyestr tuzilgan bo‘lib, unda har bir xodimning ismi, lavozimi, ish joyi, aloqa ma’lumotlari hamda telefon raqamlari qayd etiladi. Mansabdor shaxslar barcha xodimlar ushbu taqiq haqida xabardor qilinganini tasdiqlashlari shart ekani bildirilgan.

 

Avvalroq, Afg‘onistonda universitet o‘qituvchilariga ish vaqtida smartfonlardan foydalanish taqiqlangani ma’lum qilingan edi.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.