Jahon

Qirg‘izistonda hukumat rahbarlari bir vaqtda chet elda bo‘lishi taqiqlandi

Shuningdek, xorijiy davlat rahbarining Qirg‘izistonga davlat tashrifi vakolat muddati davomida faqat bir marta amalga oshiriladi.

Qirg‘izistonda hukumat rahbarlari bir vaqtda chet elda bo‘lishi taqiqlandi

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan “Qirg‘iziston Respublikasining Davlat protokoli to‘g‘risida”gi yangi qonun imzolandi. Mazkur hujjat mamlakatning diplomatik marosimlari va yuqori darajadagi tashriflarni tashkil etish tartibini tubdan yangilaydi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, qonun Jogorku Kenesh tomonidan 2026-yil 22-aprelda qabul qilingan bo‘lib, 2012-yildan buyon amalda bo‘lgan avvalgi hujjat o‘rnini egallaydi.

 

Yangi qonunga ko‘ra, milliy xavfsizlik va davlat boshqaruvining uzluksizligini ta’minlash maqsadida prezident, parlament raisi va Vazirlar Mahkamasi raisining bir vaqtning o‘zida mamlakat tashqarisida bo‘lishi taqiqlanadi. Shuningdek, ushbu mansabdor shaxslarning qisqa vaqt oralig‘ida ketma-ket xorijiy safarlarni amalga oshirishi ham cheklanadi. Mazkur qoida xalqaro va ko‘p tomonlama tadbirlarga tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat bilan xorijiy davlat rahbarlarining tashriflari ilk bor besh toifaga — davlat, rasmiy, ishchi, xususiy va tranzit tashriflarga ajratilgan. Har bir tashrif turi uchun alohida protokol talablari, kutib olish marosimlari va tashkiliy tartiblar belgilangan.

 

Qonunda davlat tashrifi xorijiy davlat rahbarining Qirg‘izistonga amalga oshiradigan eng yuqori darajadagi tashrifi sifatida e’tirof etilgan. Bunday tashrif bir davlat rahbari uchun vakolat muddati davomida faqat bir marta tashkil etilishi mumkin. Tashrif davomida faxriy qorovul, milliy an’analarni aks ettiruvchi marosimlar, davlat qabullari va boshqa rasmiy tadbirlar o‘tkaziladi. Qonunda shuningdek, davlat tashriflari paytida hurmatli mehmonlarga zaxira transport vositasi bo‘lgan VIP avtomobil, turmush o‘rtog‘i uchun alohida avtomobil va delegatsiya, qo‘riqlash, yuk va kuzatuv uchun transport vositalari taqdim etilishi belgilangan. Jami bo‘lib, avtokortejda o‘ndan ortiq transport vositasi bo‘lishi mumkin.

 

Bundan tashqari, davlat idoralari rahbarlari tomonidan xorijiy delegatsiyalardan olingan barcha sovg‘alar davlat mulki sifatida qayd etilishi, muzeylarga topshirilishi yoki ommaviy namoyish qilinishi belgilangan. Alohida qimmatga ega sovg‘alar esa saqlash uchun milliy zaxiralarga topshiriladi.

 

Qonunga muvofiq, Qirg‘izistonda faoliyat boshlayotgan xorijiy elchilar prezidentga ishonch yorliqlarini topshirganidan keyingina o‘z vakolatlarini rasman boshlagan hisoblanadi.

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Tomonlar kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun uch tomonlama muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishga kelishib oldi.

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Havo ifloslanishi xavfli chegaradan to‘rt baravar oshdi: aholiga kislorod avtobuslarda berilmoqda

Indoneziyada o‘rmon yong‘inlaridan tarqalgan quyuq tutun sababli nafas yo‘llari kasalliklari ko‘paymoqda.

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Ispaniyada ikkita tezyurar poyezd to‘qnashdi: 46 kishi halok bo‘ldi

Halokat vaqtida ikkala poyezdda jami 500 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

O‘zbekiston bilan chegarada yangi talab: Qozog‘iston chegarasida navbat band qilish pulli bo‘ladi

Belgilangan vaqtda ketma-ket ikki marta kelmagan tashuvchilarning depoziti davlat budjetiga o‘tkaziladi.

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti xalqaro huquqning ahamiyati pasayishi va BMT obro‘si bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratdi.

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Pentagonning hisob-kitobiga ko‘ra, mablag‘ning 60 foizdan ortig‘i o‘q-dorilarga sarflangan.

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Yangi talab mamlakat fuqarolari va Tojikistonga ishlash uchun keladigan xorijliklarga ham tegishli.

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Mamlakat rasmiylari viza rasmiylashtirishdagi kechikishlarni bartaraf etish va sayyohlar oqimini oshirish uchun uchta davlat fuqarolariga vizasiz rejim taklif qilmoqda.