Jahon

Kongoda Ebola qurbonlari soni 100 nafardan oshdi

Virusni yuqtirganlar soni 550 kishini tashkil etmoqda.

Kongoda Ebola qurbonlari soni 100 nafardan oshdi

 

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalishi davom etmoqda. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, laboratoriya tomonidan tasdiqlangan o‘lim holatlari soni 101 nafarga yetgan deb xabar bermoqda TASS mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligiga tayanib.

 

Qayd etilishicha, joriy epidemiya davrida virusni yuqtirganlar soni 550 kishini tashkil etmoqda. Bir kun avval ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 91 nafar vafot etgan va 515 nafar kasallangan bemorni tashkil qilgan edi.

 

Mamlakatda epidemiologik vaziyat murakkablashib borayotgani sababli xalqaro hamkorlar tomonidan yordam ko‘rsatish ishlari kuchaytirilmoqda. Xususan, Kongo Demokratik Respublikasi Aloqa va ommaviy axborot vositalari vaziri Patrik Muyaiya Katembvening ma’lum qilishicha, Xitoydan kelgan tibbiyot mutaxassislari guruhi poytaxt Kinshasaga yetib kelgan.

 

Ularning asosiy vazifasi mahalliy tibbiyot xodimlariga ko‘maklashish, bemorlarni davolash va Ebola virusining yanada keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Mutaxassislar missiyasi uch oy davom etishi rejalashtirilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ebola epidemiyasi o‘tgan oy Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada qayd etilgan. Sog‘liqni saqlash sohasidagi ekspertlar ushbu epidemiya so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik va eng halokatli avj olish holatlaridan biriga aylanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.