Jahon

Eron bilan kelishuv 2 hafta ichida yakunlanishi mumkin — Tramp

AQSH prezidentining ta'kidlashicha, Vashington va Tehron yadroviy kelishuv bo‘yicha yakuniy bosqichga yaqinlashgan.

Eron bilan kelishuv 2 hafta ichida yakunlanishi mumkin — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan olib borilayotgan muzokaralar ikki hafta ichida yakunlanishi va tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

Trampning aytishicha, hozirda AQSh va Eron o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda va Tehron “yadroviy quroldan voz kechishga” hamda keng ko‘lamli kelishuv doirasida AQSh bilan hamkorlik qilishga tayyorlik bildirmoqda.

 

“Menimcha, biz bu jarayonda ustunlikka erishmoqdamiz. Keyingi ikki hafta ichida to‘liq g‘alabani e’lon qilishimiz mumkin. Bu juda tez sodir bo‘ladi va natijada neft narxlari ham pasayadi”, — deya ta'kidlagan AQSh prezidenti.

 

Uning ta’kidlashicha, Eron tomoni kelishuvga erishishga intilmoqda, biroq jarayonning cho‘zilishiga ularning “qat’iy va mag‘rur pozitsiyasi” sabab bo‘lmoqda.

 

“Ular faxrlanishadi, ayrim qarorlarni qabul qilishga shoshilmayapti, lekin oxir-oqibat bunga majbur bo‘lishadi”, — degan Tramp.

 

Shuningdek, AQSh prezidenti avvalroq kelishuvga erishilgan taqdirda ham Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari nazoratga olinishi va yo‘q qilinishi mumkinligini bildirgan edi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"