O‘zbekistonlik erkak Rossiyada sodir bo‘lgan yong‘inda og‘ir jarohatlandi
Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

78.ru nashri Rossiyaning Leningrad viloyatida O‘zbekiston fuqarosi tanasining og‘ir kuyishi bilan kasalxonaga yotqizilganini maʼlum qildi.
Bitum ishlab chiqaruvchi korxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi. Janelidze nomidagi Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutining kuyish reanimatsiyasi bo‘limiga yotqizilgan erkakka tanasining 80%, yaʼni 2-darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan.
Hozirda prokuratura tomonidan korxona mansabdor shaxslarining korxonada mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi tekshirilmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.







