Jahon rekordchisi Konyada ham tengsiz
Turkiyada Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.

Shu kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamlik o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. -109kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov rekord o‘rnatdi.
Dastlab dast ko‘tarish mashqini 177 bilan boshlagan sportchi oltin medalni naqd qildi. Keyingi urinishida 182 kg og‘irlikni bo‘ysundirgan bo‘lsa, 3-urinishida 187 kg bilan Islom birdamlik o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.
Siltab ko‘tarish mashqida ham Ruslan raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ikki urinishidan unumli foydallangandan so‘ng uchinchi urinishdan voz kechdi va ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Ikkikurash natijasi (417kg) bilan yurtdoshimiz Islom birdamligi o‘yinlari rekordini o‘rnatdi va terma jamoamiz jamg‘armasiga navbatdagi muhim oltin medallarni qo‘shib qo‘ydi.







