Ramos Mbappe va Neymarni yarashtirishga yordam berdi
Ikki futbolchining masalasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

“PSJ” himoyachisi Serxio Ramos jamoa hujumchilari Kilian Mbappe va Neymar o‘rtasida yuzaga kelgan mojaroni hal qilishga yordam berdi. Bu haqda “Lе Parisen” nashri xabar berdi.
Oldinroq, Mbappe Neymarni sotish iltimosi bilan “PSJ” rahbariyatiga murojaat qilgani xabar qilingandi. Natijada, futbolchilar o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yomonlashgan.
Manba bergan xabarga ko‘ra, futbolchilar parijliklar jamoasi sport direktori Lukas Kampos bilan uchrashgan. Uchrashuvda Ramos ham ishtirok etgani aytilmoqda. 36 yoshli ispaniyalik futbolchi uchrashuvda hal qilishga yordam bergan.
“PSJ”ning yangi bosh murabbiyi Kristof Galtiyer boshchiligida Fransiya chempionatini juda muvaffaqiyatli boshladi.







