Sport

O‘q otish bo‘yicha jahon chempionati Ozarbayjonga ko‘chirildi

Avvalroq uning Rossiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.

O‘q otish bo‘yicha jahon chempionati Ozarbayjonga ko‘chirildi

 

O‘q otish bo‘yicha 2023-yilgi jahon chempionati Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TASS” nashri xabar bermoqda.

 

Avvalroq ushbu musobaqa Rossiyada 2023-yilning 14—31-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Xalqaro sport o‘q otish federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan turnir Ozarbayjonda ko‘chirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 7-mart kuni Ukrainadagi vaziyat tufayli rossiyalik va belaruslik sportchilarni xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlashtirgandi. 

 

O‘q otish bo‘yicha jahon chempionati Ozarbayjonga ko‘chirildi | Zamon.uz