UFC 279: Chimayev Kevinni mag‘lub etdi
U raqibini birinchi raunddayoq bo‘g‘ib qo‘ydi.

UFC 279 turniridan o‘rin olgan yarimo‘rta vazn toifasidagi Hamzat Chimayev va Kevin Holland o‘rtasidagi “ko-main event” jangi yakunlandi.
Bahs 5 raundga mo‘ljallangandi. Ammo Hamzat Chimayev 1-raunddayoq raqibini bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etdi.








