Mirziyoyev va Raisiy Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi
Shuningdek, mintaqada samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Avvalroq Eron Islom Respublikasi prezidenti so‘nggi 20 yilda ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar qilgandik.
Prezident matbuot kotibining maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda.
Diqqat markazida — o‘zaro savdo hajmini oshirish, kooperatsiyani kuchaytirish, sanoat, innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va logistika, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.
Bundan tashqari, Ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston va Eron yetakchilari Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat masalalarini ham muhokama qiladi.







