Sport

Federer tennisdagi faoliyatini yakunladi

U 24 yil davomida 1500 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi.

Federer tennisdagi faoliyatini yakunladi

 

Faoliyatini AQSH Ochiq chempionatida yakunlagan Serena Uilyams ortidan, bu tennis yulduzi Rojer Federer sport bilan xayrlashmoqda. Aniqrog‘i, endi u menejer va funksioner sifatida ish boshlashi kutilmoqda.

 

“Men tennisni hech qachon tark etmayman”

 

“Oxirgi paytlarda tanamdagi og‘riqlar meni ko‘p qiynadi”, — deb yozgan Federer xayrlashuv maktubida. 1500 dan ortiq o‘yin o‘tkazdim. Shu fursatda uzoq yillik faoliyatimni yakunlashim kerakligini tushunib yetdim. Tennisga bo‘lgan muhabbatim tug‘ilganda, men hali bola edim. Tennischilarning o‘yinlarini hayrat bilan kuzatardim. Shundan so‘ng sportchi bo‘lishni orzu qila boshladim. Orzularim meni ko‘proq mehnat qilishga majbur qildi. Bu esa o‘zimga ishonchni oshirdi. Shveysariyalik yosh bolakayning orzularini ro‘yobga chiqarishga yordam bergan barchaga, butun dunyodagi muxlislarimga chin qalbimdan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Tennis sabab ularga mehrim oshdi va shuni aniq aytamanki, men hech qachon uni tark etmayman”.

 

20 karra xalqaro musobaqalar g‘olibini barcha 23 sentyabr kuni Londonda o‘tadigan turnirda qatnashishini kutayotgandi. Sababi, u yerda dunyo reytingida yuqori pog‘onada joylashgan Novak Jokovich, Rafael Nadal va Endi Marrey ishtirok etadi. Top tennischilarning o‘zaro raqobati muxlislarning diqqat-markazida bo‘lib turibdi. Shveysariyalik tennischining yaqinlari sportchi faoliyatida kuzatilayotgan jarohatlar sabab shu qarorga kelishga majbur bo‘lganini aytmoqda.

 

“Tennis olami endi avvalgidek bo‘lmaydi”

 

Tennis ixlosmandlarining barchasi uni juda sog‘inadi. Muxlislar Rojerni yana tennis o‘ynashini ko‘rishni xohlaydi. 3 iyul kuni Federer “Uimbldon” turnirining 100 yilligi tantanasiga kutilmagan mehmon sifatida kelganida unga bo‘lgan iliq munosabatdan ham buni bilib olish qiyin emas. Boshqa afsonalarning hech biri ommaning bu tarzdagi olqishlariga sazovor bo‘lmagan.

 

Ispaniyalik tennis yulduzi Rafael Nadal Federer haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: “Rojer, mening aziz do‘stim va raqibim. Bu kun hech qachon kelmasligiga umid qilgandim. Bugun shaxsan men uchun balki, butun tennis olami uchun qayg‘uli kundir.

 

 

Rojer Federer faoliyatini 1998 yilda boshlagandi. U bu vaqt davomida “Rolex”, “Nike”, “Mercedes-Benz”, “Credit Suisse”, “Jura”, “Moet & Chandon”, “Barilla”, “Lindt” va “Wilson” kabi homiylar bilan hamkorlikda ishlagan.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Federer tennisdagi faoliyatini yakunladi | Zamon.uz