Salomatlik

COVID asoratlaridan kim ko‘proq aziyat chekmoqda: ayollar yoki erkaklar?

JSST bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

COVID asoratlaridan kim ko‘proq aziyat chekmoqda: ayollar yoki erkaklar?

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi bayonotida keltirilgan faktlar ko‘pchilik uchun kutilmagan xulosa bo‘ldi. Unda qayd etilishicha, koronavirus kasalligining davomli asoratlari ayollarda erkaklarga nisbatan ko‘proq uchraydi.

 

Maʼlumki, COVID-19'ning o‘tkir bosqichida 4 haftadan ziyod vaqt o‘tib, 12 haftagacha charchoq, tushkunlik, tanadagi og‘riqlar, yurak faoliyati buzilishi, nafas qisishi kabi alomatlar kuzatilgan bemorlar uzoq davom etadigan koronavirusni boshdan kechirganlar toifasiga qo‘shiladi.

 

JSST tahlillariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan so‘ng ikki yil ichida Yevropa mintaqasiga kiruvchi 53 mamlakatda 17 million nafarga yaqin bemor xuddi shu sindromdan aziyat chekkan.

 

AQSHning Salomatlik ko‘ratkichlari va baholash instituti tadqiqotlariga asoslangan xulosalar shuni ko‘rsatadiki, kasallik har uchinchi ayol va har beshinchi erkakda davomli shaklga o‘tishi mumkin.

 

Shuningdek, COVID-19'dan keyingi bunday asoratlarga duchor bo‘lish ehtimoli xotin-qizlarda erkaklarga nisbatan ikki barobar yuqori.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

COVID asoratlaridan kim ko‘proq aziyat chekmoqda: ayollar yoki erkaklar?