Burak O‘zchivitning takabburligi qimmatga tushdi
"Sevgi iztirobi" serialining bosh qahramonlaridan biri Kamol rolini ijro etgan turk aktyori jarimaga tortildi.

Burak O‘zchivit — mashhur turk aktyorining doimiy ravishda janjallarga o‘ralashishi natijasida obro‘siga jiddiy putur yetmoqda. Shunday holatlarning birida ish sudgacha yetib borgan.
Milliyet nashrining yozishicha, o‘tgan yilning noyabr oyida navbatdagi serialni suratga olishda ishtirok etgan bir necha ijodkorlar sanʼatkor ustidan sudga murojaat qilishgan.
Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, aktyor o‘zini tajovuzkor tutgan, odobsizlarcha ularni haqorat qilgan va zo‘ravonlik bilan tahdid qilgan.
Aktyor to‘rt yilga qamalishi mumkin edi, biroq sud prokurorning talabini rad etdi. O‘zchivit jarima bilan qutuldi.







