Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Toshkentga yetib keldi
6-13 oktyabr kunlari poytaxtda dzyudo bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 1 mln yevro bo‘lgan jahon chempionati o‘tkaziladi.

Toshkent mezbonlik qiladigan dzyudo bo‘yicha dunyo birinchiligining asosiy mehmoni Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti janob Marius Vizer poytaxtimizga tashrif buyurdi.
Martabali mehmon Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Kamilov, MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev tomonidan kutib olindi.







