0

Garri Potter haqida yangi film suratga olinishi mumkin

Buning uchun Joan Rouling roziligi kerak.

Garri Potter haqida yangi film suratga olinishi mumkin

 

 

Garri Potter haqida yangi film olinishi mumkin. Warner Bros. Discovery kompaniyasi direktori Devid Zaslav maʼlumotlariga ko‘ra, asar muallifi Joan Rouling o‘z roziligini bergan taqdirda suratga olish boshlanadi.

 

“Biz Garri Potter haqida 15 yil film olmadik. Bu filmlar bizga so‘nggi 25 yilda katta daromad keltirdi”, – degan u.

 

Zaslavning qo‘shimcha qilishicha, yangi film faqat asar muallifi ruxsat bergan taqdirdagina suratga olinadi.

 

Garri Potter haqidagi romanlar 1997-2007 yillarda chop etilgan va Roulingga katta mashhurlik keltirgan. Asar 80 tilda, 500 million nusxada sotilgan. Keyinchalik kitob asosida filmlar suratga olindi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Garri Potter haqida yangi film suratga olinishi mumkin