O'zbekiston

Zararli APK-fayllar ortidan 79 mlrd so‘m yo‘qotildi: Markaziy bank ogohlantirdi

O‘zbekistonda kiberfiribgarlik oqibatida fuqarolarga 278,3 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Zararli APK-fayllar ortidan 79 mlrd so‘m yo‘qotildi: Markaziy bank ogohlantirdi

 

Yil boshidan 1-oktabrgacha mamlakatda mobil qurilmalarga zararli fayllarni yuklab olish va o‘rnatish bilan bog‘liq 18 830 ta firibgarlik holati qayd etilgan. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

 

Markaziy bank Ichki ishlar vazirligining Cardblock platformasida ro‘yxatga olingan firibgarlik holatlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini tahlil qilgan. 2026-yil 1-yanvardan 1-oktabrgacha bo‘lgan davr natijalariga ko‘ra, firibgarlikning bir nechta keng tarqalgan usullari aniqlangan.

 

Jumladan, fuqarolarni telefon orqali ko‘rsatmalar berib chalg‘itish bilan bog‘liq 611 ta holatda 27,7 milliard so‘m zarar yetkazilgan. Telegram akkauntlarini egallab olish bo‘yicha 2 808 ta holat qayd etilib, 21,9 milliard so‘m mablag‘ yo‘qotilgan.

 

Soxta savdo platformalari va daromad va’da qiluvchi takliflar orqali 1 044 ta firibgarlik sodir etilgan. Buning oqibatida 15,1 milliard so‘m zarar ko‘rilgan. Ponzi sxemalariga pul kiritish bilan bog‘liq 1 086 ta holatda esa zarar 14 milliard so‘mni tashkil etgan.

 

Shuningdek, oldindan to‘lov qilingan tovarlar yetkazib berilmagani yoki xizmatlar ko‘rsatilmagani yuzasidan 3 571 ta shikoyat kelib tushgan. Bu holatlarda fuqarolarga 10,5 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

 

Fuqarolarni kreditni bekor qilish bahonasida chalg‘itib, ularning nomiga onlayn kredit rasmiylashtirish bilan bog‘liq 130 ta holat aniqlangan. Yetkazilgan zarar 10,6 milliard so‘mni tashkil etgan. Onlayn o‘yinlardagi to‘lovlar bilan bog‘liq 272 ta firibgarlik holatida esa 900 million so‘m mablag‘ yo‘qotilgan.

 

Bundan tashqari, bank kartalari va elektron hamyonlardan pul yechib olinishi bo‘yicha firibgarlik turi ko‘rsatilmagan 11 475 ta murojaat qayd etilgan. Ulardagi zarar miqdori 98,1 milliard so‘mga teng.

 

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, ko‘rib chiqilgan firibgarlik holatlari natijasida fuqarolarga yetkazilgan umumiy zarar 278,3 milliard so‘mni tashkil etgan. Tezkor choralar natijasida 113,1 milliard so‘mlik mablag‘ bloklangan.

 

Shu bilan birga, ayrim fuqarolar bank kartalaridan pul yechib olinganini firibgarlik deb hisoblab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Tekshiruvlarda mablag‘lar kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun avtomatik yechib olingani aniqlangan. Bunday 2 737 ta murojaat qayd etilgan bo‘lib, ulardagi mablag‘lar miqdori 7,6 milliard so‘mni tashkil etgan.

 

Ayni paytda firibgarlik holatlari yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.

Namanganda noqonuniy dori ombori fosh etildi: 23 mingdan ortiq dori topildi

Namanganda noqonuniy dori ombori fosh etildi: 23 mingdan ortiq dori topildi

Ularning dastlabki qiymati 3,3 milliard so‘mdan oshadi.

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

2027-yildan sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va sertifikatlar elektron shaklda beriladi.

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

YTHga avtomobil rul boshqaruvida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezidentni O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib oldi.

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Uy-joy masalasini hal etishning yana bir varianti sifatida mulkdorlarga Yangi Toshkent hududidan xonadon ajratish taklif etilishi mumkin.

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Maktabning tom qismi qulab tushgan, boshqa xonalarida ham konstruktiv nuqsonlar aniqlan bo'lib, bino foydalanishga yaroqsiz deb topilgan.