O'zbekiston

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi: qaysi manzillarda va qachongacha?

Tumanlarda gaz quvurlarini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari yakunlangach, bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi: qaysi manzillarda va qachongacha?

 

17-noyabr kuni Mirzo-Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida gaz quvurlarini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim manzillarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.

 

Mirzo-Ulug‘bek tumani

Tumanning “Asaka” mahallasidagi Mahatmagandi ko‘chasida qurilish ishlari olib borilayotgani sababli yer ustidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvuri xavfsiz hududga ko‘chiriladi.

 

Shu munosabat bilan 17-noyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar “Asaka” mahallasining Mahatmagandi va Asaka ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

 

Uzilish 430 ta xonadon, 9 ta ko‘p qavatli uydagi 480 ta xonadon hamda 7 ta ulgurji iste’molchiga ta’sir qiladi.

 

Yunusobod tumani

Tumanning “Shayx Shivli” mahallasi, Shibliy ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimli gaz quvuri ham xavfsiz hududga ko‘chiriladi. Shu sababli 17-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • “Yangi Tarnov”, “Shivli” va “Firdavsiy” mahallalaridagi 350 ta xonadon;

  • “Buyuk Turon” mahallasi, Barokko ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning 250 ta xonadoni;

  • “M. Ulug‘bek” mahallasi, 2-tor Osiyo ko‘chasidagi 120 ta xonadon;

  • “Firdavsiy” mahallasidagi “Minor Stroy” ko‘p qavatli uyining 160 ta xonadoni;

  • “Firdavsiy” mahallasi, QHAY ko‘chasidagi 26-uyda joylashgan 120 ta xonadon;

  • “Uvaisiy”, “Yurtobod” va “Shoshtepa” mahallalarining 19-dahasidagi 38 ta ko‘p qavatli uyning 3 200 ta xonadoni;

  • “Beg‘ubor” mahallasidagi 54-uyda joylashgan 80 ta xonadon.

 

Shuningdek, “Buyuk Turon” va “M. Ulug‘bek” mahallalaridagi “Mahalla-90” kafesi, “Zebu Zar” to‘yxonasi, “Sadoba” kafesi va yana 12 ta ulgurji iste’molchida ham gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

 

“Hududgaz Poytaxt” ma’lumotiga ko‘ra, ishlar yakunlangach, iste’molchilar ogohlantirilib, tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Zararli APK-fayllar ortidan 79 mlrd so‘m yo‘qotildi: Markaziy bank ogohlantirdi

Zararli APK-fayllar ortidan 79 mlrd so‘m yo‘qotildi: Markaziy bank ogohlantirdi

O‘zbekistonda kiberfiribgarlik oqibatida fuqarolarga 278,3 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Namanganda noqonuniy dori ombori fosh etildi: 23 mingdan ortiq dori topildi

Namanganda noqonuniy dori ombori fosh etildi: 23 mingdan ortiq dori topildi

Ularning dastlabki qiymati 3,3 milliard so‘mdan oshadi.

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

Maktablarda sport rivojlantiriladi: olimpiya sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ochiladi

2027-yildan sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va sertifikatlar elektron shaklda beriladi.

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston va O‘mon yetakchilari oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Sultonlikning oliy davlat mukofoti – “Ol Said” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Sulton Haysam bin Toriq Ol Said uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

Chilonzorda Nexia-3 daraxtga urildi: uch kishi halok bo‘ldi

YTHga avtomobil rul boshqaruvida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga bordi

Prezidentni O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said va sultonlikning yuqori darajali rasmiylari kutib oldi.

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Uy-joy masalasini hal etishning yana bir varianti sifatida mulkdorlarga Yangi Toshkent hududidan xonadon ajratish taklif etilishi mumkin.