Jahon

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

Usmon Nurmagomedov BAAda sobiq UFC chempioni Merab Dvalishvili bilan bog‘liq mushtlashuv ishi bo‘yicha olti oyga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Xabib Nurmagomedov BAAda muzokara o‘tkazdi: ukasi va uning jamoadoshlari ozod qilindi

 

Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov BAA rasmiylari bilan muzokaralar olib borib, ukasi Usmon Nurmagomedov va mojaro ortidan hibsga olingan boshqa jangchilarning ozod qilinishiga ko‘maklashgan. Bu haqda Mash on Sport Telegram kanali xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, Usmonning jamoadoshlari dastlab vaziyatni Xabibning yordamisiz hal qilishga uringan. Ular UFC rahbari Dana Uayt va amerikalik hamkorlardan yordam so‘ragan, biroq BAA qonunchiligi sababli masalani AQShdagi kabi hal qilish imkoni yo‘qligi aytilgan.

 

Shuningdek, rossiyalik jangchilar Magomed Ankalayev va Hamzat Chimayev sobiq UFC chempioni Merab Dvalishvilidan hibsga olinganlarni ozod qilishga yordam so‘rashni iltimos qilgan. Biroq bu urinish ham natija bermagan.

 

Shundan so‘ng Xabib Nurmagomedov BAAga borib, mamlakat rasmiylari bilan bevosita muzokaralar olib borgan. Mash on Sport ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar hibsga olinganlarni bosqichma-bosqich ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Dastlab jangchilarning bir guruhi, keyin esa Usmon Nurmagomedov ham ozod etilgan.

 

Manba yana bir kelishuv sharti sifatida mojaro ishtirokchilari voqea yuzasidan intervyular yoki ijtimoiy tarmoqlarda ochiq izoh bermaslik majburiyatini olganini bildirmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 11-noyabr kuni Abu-Dabida RAF ligasining media kuni davomida Merab Dvalishvili, Usmon Nurmagomedov va ularning jamoalari vakillari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergan. Hodisa aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

 

13-noyabr kuni sud qaroriga ko‘ra, mushtlashuvning sakkiz nafar ishtirokchisi olti oylik qamoq jazosiga hukm qilingan, yana ikki kishiga jarima tayinlangan. Dvalishvili esa shu kuni ozod etilgan.

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

AQSh Yaqin Sharqqa yana bir aviatashuvchi kemasini yubordi: Arabiston dengizida 3 ta aviatashuvchi jamlandi

Mintaqadagi harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga 13 ta esmines va ikkita kreyser ham kiradi.

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Trampning Xitoyga safari: Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazilishi mumkin

Tramp 2017–2021-yillardagi prezidentlik muddati davomida Kim Chen In bilan bir necha bor uchrashgan.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

To‘qqiz oyda 1,5 milliondan ortiq fuqaro ushbu maqsadda mamlakatga kirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.