Amputant futbolchilarimizga qanday avtomobil sovg‘a qilinadi?
Mukofotlar 3-dekabr kuni arafasida topshiriladi.

Jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston amputant futbolchilar terma jamoasi aʼzolari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston amputant futbolchilar terma jamoasi aʼzolari Chevrolet Cobalt avtomobili bilan taqdirlanadi.
Matonatli futbolchilarimizga ushbu mukofotlar 3 dekabr – xalqaro nogironlar kuni arafasida topshiriladi.







