O'zbekiston

Korrupsiya bu – faqat pul emas!

Biz uchun odatiy bo‘lgan narsalar aslida jinoyatning kichik ko‘rinini ekanini bilasizmi?

Korrupsiya bu – faqat pul emas!

 

Kollejda o‘qiganimizda bir o‘qituvchi bo‘lardi. U kishi bizga 3 yil davomida guruh rahbari bo‘lgan. Bayram kunlarida, aniqrog‘i, 1-oktyabr va 8-martda kursdoshlar o‘zaro maslahatlashib, ustozga esdalik sovg‘a berardik. Lekin negadir o‘qituvchimiz bayramdan bir necha kun oldin «Menga ovvora bo‘lib sovg‘a olmanglar, baribir qabul qilmayman» derdi. Biz esa buni kamtarlikka yo‘yibmi yoki uyalganimizdan ustozga baribir sovg‘a hadya qilardik. Ustoz esa aynan bayram kuni qayergadir yo‘qolib qolardi yoki biz bilan gaplashgisi kelmasdi. Bir amallab, ustozni topardik va sovg‘a bermoqchi bo‘lganimizda o‘qituvchi buni ololmasligini aytardi va ba’zida sovg‘amizni yerga uloqtirib sindirib (agar sovg‘a olib kelsak, otib yuborishi haqida oldindan aytardi) tashlardi. 

 

Bu holat maktabda 9 yil  o‘qib, har bayramda o‘qituvchilarga sovg‘a berishga odatlangan biz o‘quvchilar uchun «g‘aroyib hodisa» edi. Sovg‘alarimiz qaytarilganida, hatto sindirib yuborilganida buni asil sababini bilmay, aksincha jahlimiz chiqardi. «Shuncha harakat qilamizu, ustoz buni qadriga yetmaydi» degan o‘y-xayollar bilan yurardik.

 

Keyinchalik universitetda tahsil olayotganimda kollejdagi  o‘qituvchimning nega bunday qilganini anglagandek bo‘ldim. Bizga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus fan o‘tildi va poraxo‘rlik — faqat pul oldi-berdisi bilan bog‘liq narsa emasligini tushunib yetdik.

 

Afsuski, bugun ayrim o‘qituvchilar bayram kunlari «o‘quvchilarning qo‘liga qarab turadi», ba’zida esa ulardan qimmatbaho sovg‘alar talab qilishadi. Voyaga yetayotgan avlod «shunaqa sovg‘alar berilsa, sinf rahbariga yoqarkanmiz» degan tasavvurda ulg‘ayishyapti va kelgusida bu «tajribani» oliy ta’limda, ishda va boshqa sohalarda qo‘llamoqda. Maktablarda hatto o‘quv yili yakunida olinadigan imtihonlar ham «bayramdek» tashkil etiladi. Sinf rahbari imtihon oluvchilarning tushligi uchun ovqatlarni o‘quvchilarga taqsimlab beradi. Kimdir ovqat, kimdir meva, yana kimdir ichimlik olib keladida, imtihon oluvchi o‘qituvchilarga «ziyofat» uyushtirib berishadi. Shu bilan baholar «besh!» Bitiruv marosiminiku, gapirmasa ham bo‘ladi. Streotiplarga ko‘ra, maktab bitiruvchilari o‘qishni tugatayotganda boshlanich sinf o‘qituvchisini hamda yuqori sinf rahbarini «xursand qilib ketishi» kerak. Bu kamida bitta guldastadan tortib tilla uzukkacha bo‘lishi mumkin. 

 

Aslida yuqoridagi holatlarning birortasi ham majburiy emas, o‘quvchi o‘qituvchiga sovg‘a bermasa ham, imtihonini topshiraveradi va maktabni bitira oladi. 

 

Endi bir o‘ylab ko‘raylik, maktabda hadyalar bilan o‘qituvchilarni xursand qilishga uringan va bu orqali qaysidir «muammosi»ni hal qilgan bola kelajakda bu ishga qo‘l urmaydimi? Bizningcha, poraxo‘rlikka qarshi kurashni faqat jinoyatchilarni ushlash bilan emas, o‘sha jinoyatchi o‘qigan maktablarda muhitni yaxshilashdan, ya’ni korrupsiyaning kichik ko‘rinishlarini bartaraf etishdan boshlash kerak. 

 

Maktablarda o‘qituvchiga gul berib, baholarni to‘g‘rilash, imtihondan osongina o‘tib ketish holatlariga chek qo‘yilsa, bola o‘z bilimi bilan baho olishga harakat qiladi va kelajakda ham «porasiz ish bitiradigan» kadr bo‘lib yetishadi.

 

Javohirbek TURSUNOV

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.