O'zbekiston

Bangkokda yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashuvida o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 33 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan.

Bangkokda yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashuvida o‘zbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

Bangkokda yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi bilan sodir bo‘lgan hodisada jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot kotibi xabar berdi.

 

Transportlarning to‘qnashib ketishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 33 nafar jabrlangan tibbiy yordamga murojaat qilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi 16-may kuni sodir bo‘lgan. 17-may holatiga ko‘ra, jabrlanganlarning 15 nafari shifoxonadan chiqarilgan, yana 18 kishi shifokorlar nazoratida qolmoqda.

 

Hozircha halok bo‘lganlardan ikki nafari Tailand fuqarosi ekani aniqlangan.

 

Police General Hospital sud-tibbiy ekspertiza bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

 

“Mazkur holat O‘zbekistonning Tailanddagi konsullik muassasasi tomonidan doimiy nazoratga olingan. Zarurat tug‘ilganda, fuqarolarimiz quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

 

O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulligi: 

 

+66-2 675-3995; +66-2 675-3996

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"