O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tuzishni taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida nutq so‘zladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tuzishni taklif qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida nutq so‘zlab, urbanizatsiya, uy-joy masalalari va barqaror shaharlarni rivojlantirishga oid qator tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Davlat rahbari forum yuqori darajada tashkil etilgani va mehmondo‘stlik uchun Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga minnatdorlik bildirib, Ozarbayjonda, ayniqsa Qorabog‘ hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini alohida ta’kidladi.

 

Qayd etilishicha, XXI asr o‘rtalariga borib sayyora aholisining qariyb 70 foizi shaharlarda yashaydi. Shu bilan birga, dunyoda qariyb 3 milliard inson birlamchi yashash sharoitlaridan mahrum bo‘lib, ularning bir milliarddan ortig‘i norasmiy turar joylarda istiqomat qilmoqda, 300 milliondan ziyod odam esa boshpanasiz qolmoqda.

 

Prezident urbanizatsiya jarayonlari global barqarorlik va xavfsizlikka bevosita ta’sir qilayotganini ta’kidladi. Yaqin 15 yil ichida O‘zbekiston aholisi 38 milliondan 50 million nafarga, urbanizatsiya darajasi esa 51 foizdan 65 foizga yetishi kutilmoqda.

 

Shu munosabat bilan so‘nggi o‘n yilda mamlakatda qurilayotgan uy-joylarning yillik soni 10 barobar oshib, 2025-yilda 238 ming xonadonga yetgani qayd etildi. 2030-yilgacha bu ko‘rsatkichni yana 1,5 barobar oshirish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, O‘zbekistonda arzon uy-joy dasturlariga har yili qariyb 2 milliard dollar budjet mablag‘lari yo‘naltirilmoqda. 2024-yilda norasmiy turar joylar muammosini hal qilish bo‘yicha alohida qonun qabul qilinib, 100 mingga yaqin uy-joyga hujjatlar rasmiylashtirib berilgan.

 

Prezident eskirgan uy-joylarni renovatsiya qilish doirasida qayta quriladigan xonadonlar ulushini 15 foizdan 60 foizga yetkazish rejalashtirilganini ham ma’lum qildi.

 

Shuningdek, Urbanizatsiya milliy qo‘mitasi tashkil etilgani, “Yashil makon” va “Toza havo” dasturlari doirasida shaharlardagi yashillik darajasini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsad qilingani bildirildi.

 

Nutqda ikki million aholiga mo‘ljallangan “Yangi Toshkent” megaloyihasi alohida tilga olindi. Loyiha “yashil”, “aqlli”, “xavfsiz” va “15 daqiqali shahar” tamoyillari asosida ishlab chiqilgani ta’kidlandi.

 

Qayd etilishicha, loyihaning birinchi bosqichidayoq qiymati 25 milliard dollardan ortiq investitsiya loyihalari boshlangan. “Yangi Toshkent” konsepsiyasi forum doirasidagi “Urban Expo” ko‘rgazmasida ham namoyish etilmoqda.

 

Prezident “Yangi O‘zbekiston” massivlari mamlakatning barcha hududlarida qurilayotganini bildirib, hozirgacha 61 ta shunday massiv bunyod etilgani, 2030-yilgacha ularning soni 100 taga yetkazilishini ma’lum qildi.

 

O‘zbekiston Prezidenti forumda bir qator tashabbuslarni ham ilgari surdi, jumladan,  davlatlarni “mutanosib urbanizatsiya” tamoyilini keng joriy etishga chaqirdi.

 

Shuningdek, shahar boshqaruvida sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya imkoniyatlaridan teng foydalanishni ta’minlash maqsadida xalqaro “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tashkil etishni taklif qildi.

 

Prezident Samarqandda kelgusi yilda uy-joy qurilishiga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazishga tayyor ekanini ham bildirdi.

 

Bundan tashqari,  “yashil shaharlar”ni rivojlantirish bo‘yicha umumiy tamoyil va standartlarni ishlab chiqish hamda BMT-Habitat’ning “Yashil shahar” xalqaro mukofotini ta’sis etishni taklif etdi.

 

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumining 15-sessiyasini 2030-yilda “Yangi Toshkent” shahrida o‘tkazish va uning bosh mavzusini “Shaharlarning barqaror rivojlanishida mahalla institutining o‘rni” deb nomlash tashabbusini ham ilgari surdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.