O'zbekiston

Namanganda “Media haftalik” boshlandi

"Media haftalik" 22-mayga qadar davom etadi.

Namanganda “Media haftalik” boshlandi

Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”da respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan media sohasi vakillari va ekspertlar ishtirokida “Media haftalik”ga start berildi.

 

 

Tadbirning rasmiy ochilish marosimidan so‘ng ishtirokchilar yo‘nalishlar bo‘yicha uch guruhga bo‘lingan holda o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi. Mashg‘ulotlar tajribali mutaxassislar va media ekspertlari tomonidan olib borilmoqda. 

 

 

Dasturdan sun’iy intellekt va media, faktcheking, mediaxavfsizlik, kontent strategiyasi, mobilografiya va vizual storytellling, auditoriya bilan ishlash, SMM hamda zamonaviy media trendlariga oid mavzular o‘rin olgan.

 

 

Shuningdek, tadbir doirasida real keyslar tahlili va tajribalar almashuviga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ochiq muloqot shaklidagi suhbatlar davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashmoqda.

 

 

Ushbu “Media haftalik” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Namangan viloyati hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, 22-mayga qadar davom etadi.

custom img

Xivada 12,3 gektarlik xalqaro turistik shaharcha barpo etiladi

Majmuada mehmonxonalar, muzey, restoranlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

custom img

Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududlarni almashish bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldi

Hududlarni almashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Guruh aholi fuqaroligi, ko‘chirish, mulkiy huquqlar, yerdan foydalanish va ijtimoiy himoya masalalarini hal qiladi.

custom img

Xorazm viloyatida 176 million dollarlik 12 ta loyiha ishga tushirildi

Yangi loyihalarni ishga tushirish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

custom img

Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali ochildi

Majmuani qurish va jihozlash uchun davlat budjetidan 140 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bu yerda 120 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

custom img

O‘zbekiston va Turkiya jurnalistlari media sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Tomonlar jurnalistlar malakasini oshirish, raqamli media, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

custom img

“Odil sudlov – 2030”: sud tizimida yangi islohotlar bosqichi

2027–2030-yillarda barcha tuman va shaharlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etiladi.

custom img

Urganch aeroportidan Xivaga qatnov vaqti 40 daqiqagacha qisqaradi

Davlat rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

custom img

Yoshlar zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi

Prezident Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"