Yozda qazib olinayotgan tabiiy gazdan qish uchun zaxira yaratish imkoni mavjud emasmi?

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev energo resurslari taqchilligi bo‘yicha keng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.

Yozda qazib olinayotgan tabiiy gazdan qish uchun zaxira yaratish imkoni mavjud emasmi?

 

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev energo resurslari taqchilligi bo‘yicha keng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.

 

— O‘zbekiston agarda xorijdan tabiiy gaz importini yo‘lga qo‘ysa, bu mamlakatimizda energiya sohasidagi muammolarni to‘liq bartaraf etadimi?

— Agarda yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, issiqlik elektr stansiyalari belgilangan reja asosida yetarli miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarib, isteʼmolchilar to‘liq taʼminlanadi. Aholi xonadonlaridagi gaz bosimi bilan bog‘liq muammolar ham yechiladi.

Metan gaz quyish shoxobchalariga keladigan bo‘lsak, aholi gaz tarmoqlariga ulangan shoxobchalar baribir maʼlum grafik asosida ishlashi kerak, sababi — sovuq kunlarda kechki payt ovqat pishirish jarayoniga salbiy taʼsir ko‘rsatmasligi lozim. Ammo sanoat kollektorlari orqali alohida quvur tortib kelgan shoxobchalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash mumkin.

 

— O‘zbekiston va chet el kompaniyalarini qayta ko‘rib chiqib, ular qazib olayotgan gazni ichki bozorga yo‘naltirish imkoni bormi?

— Bugungi kunda xorijiy yoki qo‘shma kompaniyalar tomonidan qazib olinayotgan gaz — to‘liq ichki isteʼmolga yo‘naltirilyapti. Ushbu gazni eksport qilish yoki ichki bozorga yo‘naltirish xorijiy yoki qo‘shma korxonalar tomonidan emas, balki “O‘ztransgaz” AJ tomonidan belgilanadi.

 

— Angren ko‘mirining sifatsizligi oqibatida is gazi bilan bog‘liq noxush holatlar ko‘payayotganligi aytilmoqda. Ko‘mir sifati nechog‘lik nazorat qilinadi?

— Angren ko‘mir konida ishlab chiqarilib, vagonga ortilgan har bir ko‘mirning sifati nazorat qilinadi. Bu yerda ham prokuratura organlari bilan nazorat to‘liq yo‘lga qo‘yilgan.

Ammo taʼkidlash joizki, is gazi bilan bog‘liq muammolar ko‘mirning sifati yoki qaysi konda ishlab chiqarilganiga bog‘liq emas, balki pechlarning noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilinishi natijasida yuzaga kelmoqda. Sodda qilib aytganda, xoh Angren ko‘mir bo‘lsin, xoh import qilingan ko‘mir — pech noto‘g‘ri ishlatilsa is gazi paydo bo‘laveradi.

 

— Yozda qazib olinayotgan tabiiy gazdan qish uchun zaxira yaratish imkoni mavjud emasmi?

— O‘zbekistonda ikkita yer osti gaz saqlash inshootimiz bor. Biri — Buxoroning Gazli hududida, ikkinchisi Andijondagi Xo‘jabod tumani hududida joylashgan yerosti gaz ombori. Bu omborlar yoz oylarida to‘ldiriladi va qishda aholi ehtiyojlariga yo‘naltiriladi. Masalan, bugungi kunda respublika bo‘yicha sarflanayotgan gazning taxminan 20 foizi aynan mana shu omborlardan olinyapti.

 

— Bugun energetika sohasida muammolar yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan masʼul shaxslar jinoiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladimi?

— Bugungi kundagi energetika sohasidagi mavjud muammolar bo‘yicha har bir mansabdor shaxsining xatti-harakati yoki harakatsizligiga tegishli idoralar tomonidan huquqiy baho beriladi. Bundan tashqari, bir necha rahbar xodimlar intizomiy javobgarlikka tortildi.

 

— O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanganlik uchun narxlar oshirilishi rejalashtirilganmi? Narxlar oshirilishida aholining quyi qatlamlari daromadlari ham hisobga olinganmi?

— Tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun tariflarni qayta ko‘rib chiqish jarayonida, ekspertlar tomonidan bazaviy tariflarni o‘zgarishsiz qoldirib, maʼlum bir miqdordan ko‘proq isteʼmol qilingan holatlarda uning narxini keskin oshirish bo‘yicha takliflar berilgan. Hozirgi kunda mazkur takliflar Hukumat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

 

— O‘zbekistonda quyosh panellarini o‘rnatish qimmatga tushadi deyilmoqda. Muqobil energiya manbalarini rag‘batlantirish uchun qanday ishlar qilinmoqda?

— O‘zbekistonda muqobil energetikani rivojlantirish borasida Prezident farmon va qarorlari qabul qilingan. Unga asosan, kim o‘z uyida quyosh panellarini o‘rnatishni rejalashtirsa, xarajatni davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya olish yoki foizsiz, bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishi mumkin.

Bu boradagi ishlarni jadallashtirish maqsadida Energetika vazirligi tomonidan alohida marketpleys ishlab chiqilgan — energymarket.uz platformasi orqali kirib, o‘ziga kerak bo‘lgan mahsulotni xarid qilish imkoniga ega.

 

— Bayram kuni, xususan, Yangi yilda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash chora-tadbirlari ishlab chiqilganmi?

— Bayram kunlari, xususan, yangi yil bayramida elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilardi darajada pasayadi. Chunki taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Bu orqali mavjud elektr energiyasining asosiy qismi aholiga va ayrim ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltiriladi. O‘ylaymanki, yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammolar yuzaga kelmaydi.

Agar joylarda avariyaviy holatlar yuzaga keladigan bo‘lsa, tunu kun ishlaydigan ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va har qanday lokal muammolar tezkorlik bilan bartaraf etiladi.

 

 

— Energetika sohasidagi mavjud muammolar bo‘yicha davlat rahbari xabardor qilinyaptimi? Bu borada Prezident qanday topshiriqlar bermoqda?

— Energetika sohasidagi vaziyat bo‘yicha har soatda davlat rahbariga hisobot kiritib borilmoqda. Prezidentimiz tomonidan masalaga jiddiy yondashgan holda, maxsus shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, har bir hududda, har bir vazirlik va idorada maxsus ishchi guruhlarni tuzgan holda, bor resurslarni aholi va ijtimoiy soha obyektlari o‘rtasida odilona taqsimlash bo‘yicha topshiriqlar berib borilmoqda.

Shu bilan birga, tabiiy gaz ishlab chiqarish va import hajmini oshirish bo‘yicha ham alohida topshiriqlar berilgan.

custom img

Qozog‘istonda YTHga uchragan 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Latviyada insultni boshdan kechirgan va Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolar ham vatanga qaytarildi.

custom img

Tramp Eron AQSH harbiy vertolyotini urib tushirganini ma’lum qildi

AQSh Prezidenti ushbu hodisa javobsiz qoldirilmasligini bildirdi.

custom img

O‘zbekistonda besh yil ichida oltin zaxirasi yana 879 tonnaga oshiriladi

Kumush zaxirasini 510 tonnaga, mis zaxirasini esa 676 ming tonnaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

custom img

O‘zbekistonda 2030-yilgacha geologiya va tog‘-kon sanoatiga 30 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb etiladi

Investorlarni jalb etish uchun Geologik ma’lumotlar milliy bazasini yaratish taklif etildi.

custom img

O‘zbekistonda terrorizmni moliyalashtirishda ayblanib, 8 kishi qamaldi

Ular yuborgan pullar Falastindagi jabr ko‘rganlarga emas, Suriyadagi terroristik guruhlar ehtiyoji uchun sarflangani aniqlangan.

custom img

AQSH Jahon chempionati hakamini mamlakatga kiritmadi

U Jahon chempionati uchrashuvini boshqaradigan ilk somalilik hakam bo‘lishi kutilayotgandi.

custom img

Sergelida kanalda oqib ketayotgan ikki qizaloqni temiryo‘l xodimi qutqarib qoldi

Xodimga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan tashakkurnoma, esdalik sovg‘asi hamda pul mukofoti topshirildi.

custom img

Navoiyda Tico va yuk mashinasi to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi

Tico haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelib, asosiy yo‘ldagi transport vositasiga yo‘l bermagani oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"