"Mayda dollar yo‘q, yirigi bor" — kassa

Nega “qora bozor”da boru, banklarda yo‘q?

"Mayda dollar yo‘q, yirigi bor" — kassa

 

Haqiqat osmonda, narvoni hamyonda

 

Bu naql bejiz aytilmagan. Chindan, bugun jamiyatdagi qaysiki muammoning ildiziga bolta urmaylik, biz ko‘rib-ko‘rmaslikka olayotgan haqiqatlar ko‘zga tashlanadi.

 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalar qatori bank-moliya tizimida ham o‘ziga xos islohotlar amalga oshirilmoqda. Sohaga zamonaviy, yangicha tizim, yondashuv va innovatsion texnologiyalar kirib keldi. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida ham talaygina ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, banklarimizda valyuta ayirboshlash tizimi tubdan yangilandi. Avvallari dollarni so‘mga, so‘mni dollarga aylantirish uchun “qora bozor” oralardik. Pana-pastqam, ko‘zdan nari joylarda muomala qilinardi. Bugun esa buni emin-erkin, qonuniy amalga oshirish mumkin. Odilona siyosat orqali  yurtboshimiz tomonidan, valyuta bozorining erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishi bilan bog‘liq qaror imzolandi. Bu esa o‘z navbatida “qora bozor” ga biroz bo‘lsada chek qo‘yilishiga sabab bo‘ldi.

 

Tezkorlik, shiddat hukm surgan hozirgi jamiyatda amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi inson ehtiyojini to‘laqonli taʼminlab, uning og‘irini yengil qilyapti, deyolmaymiz. Buni valyuta ayirboshlashda muammolarga uchrayotgan, bank tizimi faoliyatidan norozi bo‘layotganlar misolida ko‘rish mumkin. 

 

Mayda dollar hozir faqat aholini qo‘lida qolganmi?

 

Bugun 50 dollar olishim zarur bo‘lib qoldi. Ishxonamizga yaqin bankka kirdim. Ammo kassadagi ayol mayda dollar yo‘qligini aytdi. Universal bankdan hafsalam pir bo‘lib, sal teparoqqa ؅— Sanoat qurilish bankka bordim. Navbatga chek oldim (hartugul men o‘ylagan darajada turnaqator navbat yo‘q ekan), 5 minutda navbatim keldi. Ammo xodim 50 dollarlik qolmaganini aytib, bino oxiridagi 3-kassadan so‘rab ko‘rishimni tavsiya qildi. 3-kassaga bordim: “mayda dollar yo‘q, yirigi bor. Mayda dollar hozir faqat aholini qo‘lida qolgan” degan javob oldim. Nega bundayligini so‘raganimda, kassadagi xodim “buni bankning o‘zi hal qiladi” degandek gapirdi.

 

Bu birinchi yo ikkinchi marta bo‘layotgan holat emas. Uch oylardan beri banklardan 50 dollarlik ololmay qaytaman. Ammo ko‘chadan topaman. Qiziq, 50 dollarlik anqoni urug‘i bo‘lib qoldimi? Nega “qora bozor”da boru, banklarda yo‘q? Yoki bu qora bozorga qo‘yilayotgan yangicha qadamlardan birimi?

 

Bu kabi muammoga uchrayotgan birgina men emasligim aniq. Hamkasbim tanishlari bilan har oy 50 dollardan “chorniy kassa” o‘ynagan. Bir necha oydan beri oy oxiriga borib 50 dollarlik izlashga tushadi. Ammo topolmaydi. U ham noiloj “qora bozor”ga o‘rgandi.  

 

Men duch kelgan muammo, balki kim uchundir arzimagandek tuyular. Biroq shunday kezlar bo‘ladiki, bu katta muammoga aylanadi.

 

Qishning qahratonida (yosh bor, qari bor, imkoniyati cheklangan bor yoki boshiga biror mushkul ish tushgan hamyurtimiz bor) kim bo‘lishidan qatʼiy nazar sovuqda ishini tezroq bitirib, issiqda jon saqlashni istaydi. Barcha sohalar qatori banklar ham mijozlarga manzur kelishi uchun, avvalo, u qulay, sifatli xizmatga ega bo‘lishi kerak. Sarsonu, ovoragarchiliklardan charchagan xalqqa “o‘lgan ustiga tepgan” bo‘lishi kerak emas.  

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"