“Fransiya g‘alaba qozonish yo‘lini topdi”
Jon Terri jamoa haqida gapirdi.

Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jon Terri Fransiya va Marokash o‘rtasidagi jahon chempionati yarim final uchrashuvi natijalariga izoh berdi.
“Fransiya g‘alaba qozonish yo‘lini topdi. Lekin o‘yinchilarning darajasini hisobga olsak, ulardan ko‘proq narsani kutgandim. O‘ylaymanki, marokashliklar 90 daqiqa davomida yaxshiroq o‘ynashdi”, — deya Jon Terrining so‘zlaridan FIFA rasmiy sayti iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Fransiya terma jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.
Finalda fransuzlar Argentina terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Argentina terma jamoasi yarim final uchrashuvida xorvatlar ustidan 3:0 hisobida zafar quchgandi.
Marokash terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Xorvatiya terma jamoasi bilan o‘ynaydi.







