Qatarda Messi yashagan xona muzeyga aylantirildi
Messi va Argentina terma jamoasi futbolchilari mundial paytida 29 kun davomida Qatar universiteti 1-yotoqxonasida yashagan.

Jahon chempionati paytida Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi yashagan xona mini-muzeyga aylantirildi.
Messi va Argentina terma jamoasi futbolchilari mundial paytida 29 kun davomida Qatar universiteti 1-yotoqxonasidagi xonalarni band etishgan. Jahon chempionati payti yotoqxona argentinaliklarga moslab bezatilgan edi.

Universitet maʼmuriyati jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Messi sharafiga u yashagan B201 xonani mini-muzeyga aylantirishga qaror qildi.

Aksariyat terma jamoalar besh yulduzli mehmonxonalarda yashagan (Ispaniya terma jamoasi Qatar universitetining 2-yotoqxonasida joylashgan).







