Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr” klubiga o‘tdi
Ushbu jamoada hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ham to‘p suradi.

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasiga o‘tdi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, futbolchi bilan shartnoma 2025-yilning yoziga qadar imzolangan. Shartnoma 2,5 yilga mo‘ljallangan bo‘ladi va hujumchi yiliga 200 million yevro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylangandi.








