Wednesday serialining ikkinchi mavsumi suratga olinadi
Serial Netflix‘da bir necha rekordlarni yangilagan edi.

Wednesday seriali ikkinchi mavsumga uzaytirildi. Bu haqda Netflix bayonot berdi.
Shu bilan birga mavsum premyerasi haqida maʼlumot berilmagan. Serialning dastlabki sakkizta qismi Netflix‘da 23 noyabrda chiqqandi. U platformada ko‘rish soati bo‘yicha rekordni yangilangan, bir haftada uni 341 million soat tomosha qilishgan.
Avval xabar berilganidek, serialning davomini Amazon suratga olishi mumkin, u MGM studiyasini 8.5 milliard dollarga sotib olgan.







