Fyuri Usikka jang uchun shartnoma loyihasini yubordi
To‘qnashuv mart oyida bo‘lishi kutilyapti.

Og‘ir vaznda WBC chempioni britaniyalik Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlari sohibi ukrainalik Aleksandr Usik bilan jang uchun shartnoma loyihasini yuborganini maʼlum qildi.
“Biz ularga shartnoma loyihasini yubordik. Va buni endi tezda hal qilish kerak, chunki vaqt ketyapti. Jang qayerda bo‘ladi? Qayerda pul ko‘p bo‘lsa. Biz jang mart oyida bo‘lishini istaymiz, bu jangchilarga kuzda yana bir jang o‘tkazish imkonini beradi”, — deya Uorrenning so‘zlaridan “talkSPORT” iqtibos keltirdi.







