Eldor Shomurodov “Torino” klubiga o‘tishga yaqin
U “Roma”da zahirada qolib ketayotgan edi.

Italiyaning “Roma” klubida faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurov A Seriyaning yana bir aʼzosi “Torino” jamoasi bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Bu haqda futbol insayderi Nikola Shira maʼlum qildi.
“Roma”da zahira o‘rindig‘ida qolib ketayotgan hujumchi nihoyat o‘ziga munosib jamoa topishga muvaffaq bo‘lmoqda.







