O'zbekiston

Tojikistonlik fuqaro O‘zbekistonga giyohvand modda olib kirmoqchi bo‘ldi

U narkotikni bosh kiyimiga yashirgan.

Tojikistonlik fuqaro O‘zbekistonga giyohvand modda olib kirmoqchi bo‘ldi

 

Namangan viloyatining Pop tumanidagi chegara postida bosh kiyimi orqali giyohvand modda olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, “Pop” chegara bojxona postida piyoda harakatlanayotgan Tojikiston fuqarosi B.D. bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

 

Natijada uning bosh kiyimi ichida qora rangli polietilen paketchalarga o‘ralgan to‘rt bo‘lak ovalsimon shakldagi, to‘q jigarrang rangli, o‘tkir hidli giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi aniqlangan. Shundan so‘ng tekshirib ko‘rishlik uchun vaqtincha saqlovga olingan.

 

Ekspert xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan to‘rt bo‘lak modda “gashish” giyohvandlik moddasi bo‘lib, uning sof og‘irligi 16,07 grammga teng ekani maʼlum qilingan.

 

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

Imtiyozli savdo bitimini imzolash, o‘zaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetdi.

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi.

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

2026-yilning 9 oyida 12 ta davlatdan 132 ming tonna mol go‘shti import qilgan.

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Yo‘l haqini to‘lamaganlardan yil boshidan buyon 3,66 mlrd so‘mdan ortiq jarima undirilgan.

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Gumonlanuvchilar internet-narkodo‘konda olti oydan buyon faoliyat yuritib kelgan.

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

Bir yillik maktabga tayyorlov majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida belgilanishi mumkin.