Frensis Fyuri bilan jang qiladimi?
Bunga sportchining o‘zi javob berdi.

Yaqinda UFCni tark etgan kamerunlik aralash jangchi Frensis Ngannu boks qoidalari bo‘yicha Tayson Fyuri bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jang haqida gapirdi.
“Jang bo‘lishi mumkin, ammo bungacha hammasini hal qilish kerak. Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri bilan ikki yildan beri ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilamiz. Shubhasiz, bu kurash hammamizga kerak. Yetarlicha vaqt o‘tdi. Umid qilamanki, bizda barchasini amalga oshirish imkoniyati bo‘ladi”, — dedi Ngannu.
Eslatib o‘tamiz, Frensis Ngannu 36 yoshda. Jangchi UFCdagi debyutini 2015 yilning dekabr oyida o‘tkazgan. U faoliyatida jami 14 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 12 tasida g‘alaba qozongan. Yanvar oyida UFC 270 turniridagi so‘nggi jangida Ngannu fransiyalik Kiril Ganni ochkolar hisobida mag‘lub etgandi. 2023 yil yanvar oyida u UFCdagi faoliyatini yakunladi va shu bilan moliyaviy kelishmovchiliklar tufayli og‘ir vazn toifasida chempionlikni qo‘ldan boy berdi.







