Yuz bilan yuzlashib
Nega ayollar erkaklardan ko‘proq umr ko‘radi?

Shu yilning 18 yanvar kuni fransiyalik rohiba Andre 118 yoshida vafot etdi. U Yer yuzidagi eng keksa inson edi.
So‘nggi bir necha yilda “super uzoq yashovchilar”, yaʼni 100 yoshdan oshganlar soni ko‘paymoqda. Olimlarning aytishicha, bu tendensiya saqlanib qoladi.
Yevrostat agentligi taʼminiga ko‘ra, 2050 yilga borib YEI davlatlarining o‘zida 100 yoshdan oshgan 500 ming inson yashaydi. Hozir ularning soni 130 mingga yetmaydi.
Ayni paytda dunyoda 100 yoshli yubileyini nishonlab ulgurgan 530 mingdan ortiq keksa insonlar yashaydi.
Olimlar, shuningdek, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Norvegiya, Islandiya va Rossiya statistika idoralari maʼlumotlarini tahlil qildi. Qayd etilishicha, Yevropaning aholi ko‘p yashovchi davlatlarida uzoq yashovchilar soni ham ko‘proq bo‘lgan. Ammo aholisi kamroq bo‘lgan Fransiya Rossiya va Germaniyani keksalar soni bo‘yicha ortda qoldirgan. Fransiyada 100 yoshdan oshgan 25 976, Germaniyada 20 465, Rossiyada esa 23 ming kishi yashaydi. Italiya esa 17 177 nafar keksa aholisi bilan ro‘yxatning 4-o‘rnini egallagan.
Ammo uzoq yashovchilar hissasini aniqlash uchun 100 ming jon boshiga qancha keksa to‘g‘ri kelishini hisoblash kerak. Bu holatda Gretsiya har 100 ming kishiga 126 nafar keksa insoni bilan birinchi o‘rinni egallaydi.
Gretsiyaliklarning bunchalik uzoq yashashini nima bilan asoslash mumkin?
Hamma gap mashhur O‘rtayer dengizi diyetasida bo‘lishi mumkin. Bunday ratsion katta miqdorda zaytun yog‘i va dengiz mahsulotlarini ko‘zda tutadi.
Gretsiyaning Ikariya oroli aholisining uzoq hayot kechirish mahalliy gerontologlarning ham eʼtiborini tortgan.
Doktor Xristodulos Stefanalisning so‘zlariga ko‘ra, ularning siri atrof-muhit, kirishimlilik, mahalliy bayramlar davomida doimiy aloqalar, kam ovqatlanish, kunduzgi uyqu, sayrlar, jismoniy mashqlardadir. Shuningdek, orolning shimoliy qismidagi past radiatsiya darajasi ham undagi odamlarning uzoq umr ko‘rishiga xizmat qiladi
YEIda har 100 ming aholi jon boshiga 100 yoshdan oshganlar 22 nafarni tashkil qilsa Buyuk Britaniyada 23, Shveysarida 22, Rossiyada esa 16 kishini tashkil etadi.
Ayollar ko‘proq umr ko‘rishga moyilroq
Butun dunyoda 100 yoshli yubileyini nishonlagan ayollar soni erkaklardan ancha ko‘pligini ko‘rish mumkin. YEIda 100 yoshlilarning 76 foizi ayollardir. Estoniyada bu taqsimot 91,6 foizga yetadi.
Bu bir necha omillar bilan asoslanadi. Birinchidan, erkaklar hayot davomiyligi ayollarga nisbatan pasroq. Ikkinchidan, ayollar Ikkinchi jahon urushi va XX asrning boshqa urushlaridan erkaklarga nisbatan kamroq jabr ko‘rgan. Va uchinchidan, ayollar piyonistalik va chekish oqibatlaridan kamroq zarar ko‘radi.
Shuning uchun ham fransiyalik Andredan so‘ng Yer yuzining eng keksa odami nomini yana ayol kishi egalladi. Bu ispaniyalik Mariya Branyas Morera — u 115 yoshda.
Mutlaq rekordga egalik qiluvchi ayol esa 1997 yilda 122 yoshda vafot etgan.








