O'zbekiston

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘ida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, tabiiy gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlari hamda yil yakunigacha bajarilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

 

Taqdimotda joriy yilda “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatini takomillashtirish, xaridlar va ishlab chiqarish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga qaratilgan ikki qarorning ijrosi muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari kengaytirilmoqda. Joriy yilda 3D seysmik razvedka ishlari hajmini o‘tgan yilga nisbatan 5 barobarga oshirish rejalashtirilgan. Yil boshidan buyon 5 ta yangi gaz koni ochilgan, hududlarda 6 ming metr va undan ortiq chuqurlikda 80 ta quduq burg‘ilangan. To‘rtinchi chorakda yana 40 ta quduq burg‘ilanishi ko‘zda tutilgan.

 

Istiqbolli maydonlarni, xususan, Ustyurtning katta chuqurlikdagi qatlamlarini o‘rganish, yangi konlarni o‘zlashtirish va mavjud quduqlar samaradorligini oshirish bo‘yicha rejalar ham taqdim etildi. Bu yo‘nalishda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yangi quduqlar burg‘ilanmoqda, geofizik ma’lumotlar qayta tahlil qilinmoqda va gaz qazib olish samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Taqdimotda “O‘zbekneftgaz” va uning yirik korxonalarining moliyaviy natijalari ham tahlil qilindi. Joriy yilning to‘qqiz oyida korxonalarning jamlangan sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oshgan. Kredit portfelini maqbullashtirish hisobiga qarzdorlik kamaygan, yuqori foizli kreditlar shartlarini qayta ko‘rib chiqish orqali esa foiz xarajatlari tejalgan.

 

Gaz transport tizimining o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirishga qaratilgan loyihalar doirasida yangi magistral gaz quvurlarini qurish va kompressor stansiyalarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

 

Ayrim stansiyalarda zamonaviy elektr dvigatellarining ishga tushirilishi gaz yetkazib berish barqarorligini oshirish bilan birga, yiliga 125 mln kub metr gazni tejash imkonini beradi.

 

Shuningdek, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida yuzaga kelgan avariyani bartaraf etish ishlari muhokama qilindi. Jarayonga Xitoyning ixtisoslashgan kompaniyasi jalb qilingan. Hozirda maxsus texnika va uskunalar ish joyiga safarbar qilinib, quduqlarni burg‘ilash joylarida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Avariyani bartaraf etishning barcha bosqichlarida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish zarurligi ta’kidlandi.

 

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini rivojlantirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Asosiy texnologik qurilmalar ta’mirlangach, zavodda dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish 30 foizga, bitum 60 foizga, aviakerosin ishlab chiqarish esa 5 barobarga oshgan.

 

Kelgusida zavodni xomashyo bilan barqaror ta’minlash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish va qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Yil oxirigacha zavodning yuklamasini 40 foizdan 65 foizga yetkazish, keyinchalik esa bu ko‘rsatkichni yanada oshirish rejalashtirilgan.

 

Prezident geologiya-qidiruv va burg‘ilash ishlari samaradorligini oshirish, yirik loyihalarni puxta hisob-kitob va aniq moliyalashtirish manbalari asosida amalga oshirish hamda tarmoq korxonalari faoliyatida samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

Ayrim dorixonalarda dori vositalari narxi sunʼiy ravishda oshirib yuborilgani aniqlandi. Xususan, ayrim dorixonalarda 15 ming so‘mlik dori 190 ming so‘mga sotilgan.