O'zbekiston

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Latviya Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga vizalar berishni maʼlum muddatga to‘xtatishni taklif qilmoqda. Bunga O‘zbekiston fuqarolari Latviyaga kelganidan ko‘p o‘tmay jinoyat sodir etgan bir nechta holat, jumladan, voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar sabab bo‘lgan.

 

Ichki ishlar vazirligi Immigratsiya to‘g‘risidagi qonunning 8-moddasi 2-qismiga asosan ushbu masalani vaqtinchalik cheklov joriy etish taklifi sifatida Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ko‘rib chiqishni so‘ragan.

 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi mamlakat ichki xavfsizligi va jamoat tartibiga taʼsirini baholagan holda, muayyan uchinchi davlat fuqarolaridan viza olish uchun arizalarni qabul qilishni hamda ularning Latviyaga kirishini maʼlum muddatga cheklashi mumkin.

 

“O‘zbekiston fuqarolarining bir nechtasi Latviyaga kelganidan keyin qisqa vaqt ichida, jumladan, voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar sodir etgan bir vaziyatda biz chora ko‘rishga majburmiz. Shu sababli O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni maʼlum muddatga to‘xtatishni taklif qilmoqdamiz”, — degan ichki ishlar vaziri Yanis Dombrava.

 

Rejaga ko‘ra, cheklov amal qiladigan davrda Latviya masʼul idoralari O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilib, mamlakatga kirayotgan shaxslarni tekshirish tizimini takomillashtiradi. Maqsad — jamoat tartibi yoki xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan shaxslarning Latviyaga kirib kelish xavfini kamaytirish.

 

Biroq hukumat koalitsiyasidagi hamkorlar ushbu masalani Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi kun tartibiga kiritishni maʼqullamagan. Cheklov haqidagi taklif Vazirlar Mahkamasining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

Ayrim dorixonalarda dori vositalari narxi sunʼiy ravishda oshirib yuborilgani aniqlandi. Xususan, ayrim dorixonalarda 15 ming so‘mlik dori 190 ming so‘mga sotilgan.

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Hozirda ular ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Endilikda kondan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy gaz va kondensat oqimini olish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Tojikiston yetakchisiga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va birodar davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Ular pulni soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olib, keyinchalik o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Ekologik ekspertiza xulosasi: uni endi onlayn olish mumkin

Belgilangan to‘lov ham onlayn amalga oshiriladi.