Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi
Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

2026-yilgi Nobel mukofoti fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida Karl Deysserot, Peter Hegemann va Georg Nagelga berildi. Olimlar yorug‘lik yordamida boshqariladigan ion kanallari va optogenetika sohasidagi kashfiyotlari uchun taqdirlandi.
Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi. Bu usul miya faoliyati, xotira, harakat va turli nevrologik jarayonlarni o‘rganishda muhim ilmiy vositaga aylandi.
Ma'lumot uchun, optogenetika — hujayralar, xususan, neyronlar faoliyatini yorug‘lik yordamida boshqarish imkonini beruvchi usul. Texnologiya asab tizimining qanday ishlashini chuqurroq o‘rganish va ayrim kasalliklarning mexanizmlarini tadqiq etishda qo‘llanadi.
2026-yilgi Nobel mukofotlarini eʼlon qilish haftaligi 5 oktyabrda fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida boshlandi. Fizika bo‘yicha laureatlar 6-oktyabr, kimyo bo‘yicha 7-oktyabr, adabiyot bo‘yicha 8-oktyabr, Tinchlik mukofoti sohibi 9-oktyabr va iqtisodiyot bo‘yicha laureatlar 12-oktyabr kuni eʼlon qilinadi.








