Dunyodagi eng g‘aroyib tunnellar

Zamonaviy tunnellarga o‘xshash yo‘llar insoniyat tomonidan tosh asridayoq qurilgan. Hattoki ular bu sohada ancha yutuqlarga ham erishgan.

Dunyodagi eng g‘aroyib tunnellar

 

Ilk suvosti tunneli qadimiy Bobilda Frot daryosi ostidan eramizdan avvalgi 20 asrda o‘tkazilgan. O‘tgan davr orasida faqat texnologiyalar o‘zgardi, ammo tunnellar vazifasi o‘sha-o‘sha. Bugun sayyoramizdagi eng g‘aroyib tunnelar ro‘yxati bilan bo‘lishamiz.

 

Dunyodagi eng uzun tunnel: Delaver akveduki (Nyu-York, AQSH)

 

Dunyoning eng uzun tunneli nomini olgan bu inshoot odamlar yoki yuklar uchun mo‘ljallanmagan. U orqali Rondout suv omboridan Nyu-York shahriga har kuni 4,9 mln kubometr chuchuk suv o‘tadi. Tonnel uzunligi 137 km, diametri 4,1 metr bo‘lib, u 300 metr chuqurlikda joylashgan.

 

Universal tunnel (Kuala-Lumpur, Malayziya)

 

Tunnellardan suv haydash uchun foydalanilishini bilib oldik. Kuala-Lumpurda ham avtomobillar, ham suv uchun xizmat qiluvchi tunnel mavjud. Gap shundaki, odatiy kunda u orqali faqat mashinalar yuradi. Yomg‘irli kunlarda esa uning quyi qismidan (oqim kuchayganda esa barcha qismlarida) shaharda to‘plangan suv chiqariladi. 2011 yilda SMART tunnel BMTning UN-Habitat Scroll of Honour mukofotiga loyiq deb topilgan.

 

Eng uzun temiryo‘l tunneli: Gottard tunneli (Shveysariya)

 

Gotthard-Basistunnel ochilish marosimi 2016 yil 1 iyunida bo‘lib o‘tgan. Qurilish 1993 yilda boshlangan. Uning birinchi portalidan ikkinchisigacha 57 km masofani bosib o‘tish kerak. Shu bilan birga, bu eng chuqurda joylashgan temiryo‘l tunneli hamdir. Uning tepasida 2450 mertgacha bo‘lgan tog‘lar qad rostlagan.

 

Aynan shu tunnel sharofati bilan Syurixdan Milangacha 2 soat va 50 daqiqada yetib olish mumkin.

 

Tabiiy tunnel (Virginiya shtati, AQSH)

 

Buni qarangki, tabiatning o‘zi insonlarga yordam berib tabiiy tunnellar ham yaratib qo‘ygan. Ayni paytda bu g‘or qo‘riqlanadigan hudud statusiga ega, ammo ilgari odamlar undan ko‘mir tashishda foydalangan. Tabiiy tonnel uzunligi 255 metr, kengligi 61 metrgacha va balandligi 24 metrgacha yetgan. Bir vaqtlar u orqali yo‘lovchi poyezdi ham qatnagan.

 

Eng uzun suvosti tunneli: YevrotUnnel (Fransiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida joylashgan)

 

Bu tonnel suvostidagi qismi uzunligi bo‘yicha amaldagi rekordchi bo‘lmasa-da, uning tarixi ro‘yxatga kiritishga arzigulik.

 

Aynan shu tunnel Yevropani Buyuk Britaniya bilan bog‘lash haqidagi qariyb 2 asrlik orzu natijasi sifatida 1994 yilda ochilgan. Tonnel 6 yil davomida qariyb 9 mlrd funt sterling evaziga qurilgan. Loyiha uzoq davr mobaynida tarixdagi eng qimmat loyiha bo‘lib qolgan.

 

Ikki qitʼani birlashtirgan tunnel: Marmara (Istanbul, Turkiya)

 

Yevrotunnelning raqibi Bosfor ostidan o‘tib Istanbulning Osiyo va Yevropa qismlarini birlashtiruvchi Marmara tunnelidir. U ikkita bir taraflama yo‘ldan iborat bo‘lib, ularning uzunligi 1,4 km. Yo‘l Bosfor ostidan 60 metr chuqurlikdan o‘tgan. Hudud seysmik xavfli bo‘lgani bilan tonnel 7 balgacha bo‘lgan zilzilaga chidamli.

 

Eng chuqur: Eyksund tunneli (Norvegiya)

 

Aslida bu tunnelning uzunligi 7,8 km, u davlatlarni emas, balki Norvegiya g‘arbida joylashgan Mere-og-Rumsdal guberniyasi orollarini qitʼa bilan bog‘laydi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, tunnel dengiz sathidan 287 metr chuqurlikdan o‘tadi. Uning ochilish marosimi 2008 yil fevralida bo‘lib o‘tgan.

 

Eng uzun avtomobil tunneli: Lerdal tunneli (Norvegiya)

 

Yana bir rekordchi tunnel Norvegiyada joylashgan. Uning uzunligi 24,51 km. Hozirgi kunda u eng uzun avtomobil tunneli sanaladi. Tunnel Eurlann va Lerdal shaharlarini bog‘laydi, shuningdek Oslo va Birgenni bog‘lovchi avtomagistralning bir qismi sanaladi. Uning yana bir o‘ziga xosligi shundaki, tonnel oq chiroqlardan tashqari kunning qismiga qarab moviy yoki sariq chiroqlar yordamida yoritiladi. Bu haydovchilarning charchog‘ini chiqarish maqsadida ularga quyosh chiqayotganini imitatsiya qilish uchun amalga oshiriladi.

 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.