Jahon

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘iston Mudofaa vazirligidagi kompleks tekshiruvning dastlabki bosqichi yakunlari bo‘yicha 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tekshiruv Kaspiy dengizidagi harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 14 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganidan keyin boshlangan.

 

5-oktyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Mudofaa vazirligidagi holatni kompleks tekshirish bo‘yicha komissiya a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda tekshiruvning dastlabki natijalari taqdim etildi.

 

Ma’lum qilinishicha, tekshiruv harbiy tadbirlarni rejalashtirishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilgani va avvalgi rahbariyat tomonidan yetarli nazorat o‘rnatilmaganini ko‘rsatgan. Kaspiy dengizidagi fojia yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda mashg‘ulotlarni tayyorlash va rejalashtirish, xavflarni baholash, desant tushirishni tashkil etish hamda harbiy xizmatchilar xavfsizligini ta’minlashda jiddiy kamchiliklar aniqlangan. Tekshiruvning birinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligining tashkilot va bo‘linmalarida davlat mulkini ehtimoliy talon-toroj qilish, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va boshqa qonunbuzarliklar yuzasidan 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Shuningdek, qo‘mondonlik tarkibining ehtimoliy jinoiy sovuqqonligi holatlari bo‘yicha sudgacha tergov davom etmoqda. Ushbu ish doirasida 5 nafar mansabdor shaxs hibsga olingan. Toqayev harbiy xizmatchilarning o‘limiga sabab bo‘lgan holatlar uchun aybdor mansabdor shaxslar qonun doirasida javobgarlikka tortilishi kerakligini ta’kidlab, masalani shaxsiy nazoratiga olgan.

 

Bundan tashqari, Qozog‘iston Oliy auditorlik palatasi Mudofaa vazirligiga qarashli 50 ta obyekt, jumladan, 48 ta harbiy qismda tekshiruv olib bormoqda. Audit doirasida Qurolli kuchlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridagi holat baholanadi.

 

Fojia 24-sentabr kuni Mang‘istau viloyatida Qozog‘iston Harbiy-dengiz kuchlarining o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida yuz bergan. Noqulay ob-havo va kuchli shamol 17 nafar harbiy xizmatchining Kaspiy dengiziga oqib ketishiga sabab bo'lgan. Ulardan uch nafari qutqarilgan, 14 nafari halok bo‘lgan.

 

Komissiya tekshiruvi davom etmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqilishi va tekshiruv natijalari Qurolli kuchlarni isloh qilish rejasida inobatga olinishi belgilangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.