Ukraina G‘arbdan qachon samolyot oladi?

Mamlakat rasmiy vakili Yuriy Ignat so‘zlariga ko‘ra, havo hududi himoyasini taʼminlash uchun mamlakatga G‘arb uslubidagi beshtagacha taktik aviatsiya brigadalari zarur.

Ukraina G‘arbdan qachon samolyot oladi?

 

Ukrainalik tahlilchilarga ko‘ra, G‘arb davlatlari tomonidan Kiyevga jangovar samolyotlar yetkazib berish qarori allaqachon qabul qilingan. Endi asosiy masala sifatida qaysi samolyotlar berilishi qolmoqda.

 

Ukrainadagi ko‘plab harbiy ekspertlar bir necha oy ichida mamlakat G‘arb jangovar samolyotlarini olishiga ishonch bildirmoqda.

 

Ular “siyosiy yechim” borligiga 99,8 foiz ishonadi. Va Kiyevga harbiy samolyotlar yetkazib berish rejasi amalda 70 foizga bajarilgan deb hisoblaydi. Gap, xususan, ukrainalik uchuvchilar va quruqlikdagi xodimlarni tayyorlash haqida bormoqda.

 

Germaniya kansleri Olaf Shols yaqinda Ukraina Qurolli kuchlariga samolyotlar yetkazib berish kun tartibida emasligiga bir necha bor ishontirdi, biroq Ukrainada bu mavzuda qizg‘in muhokamalar davom etmoqda. Ehtimol, Kiyev aloqa guruhini qo‘llab-quvvatlayotgan 50 dan ortiq G‘arb davlatlari bilan bu masalani muhokama qilishda ancha oldinga siljigan bo‘lishi mumkin.

 

“Jangovar samolyotlar tanklardan ko‘ra ko‘proq urush borishiga taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan muhim strategik salohiyatga ega qurol”, — deydi ekspert Taras Chmut.

 

“F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish bo‘yicha ishlar davom etmoqda”, — deb yozgan Ukraina Prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak yanvar oyi oxirida.

 

Jo Baydenning yaqinda jurnalistning AQSH Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini beradimi, degan savoliga “yo‘q” deb javob berganini “Nyu-York Times” gazetasi «skript» yoki boshqacha aytganda, tanish usul sifatida talqin qildi.

 

Keyinroq Oq uy Ukraina o‘zining yevropalik ittifoqchilaridan bir xil turdagi qurollarni tezroq olishi mumkinligini tan oladi. Va nihoyat, Vashington yangi qurol tizimlarini yetkazib berishga yashil chiroq yoqmaguncha, AQSH prezidenti ommaviy bayonotlar bilan chiqmay turdi. Boshqacha qilib aytganda, gap ommaviy sahnalashtirilgan spektakl haqida ketyapti, uning maqsadi Kremlni chalg‘itishdir.

 

AQSH Germaniyaning qarorsizligini tanqid qildi

 

Ukrainaga “Leopard 2” tanklarini yetkazib berish bo‘yicha bir oydan ortiq davom etgan munozaralar hatto G‘arb davlatlari tomonidan Kiyevga jangovar samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinishini tezlashtirgan bo‘lishi mumkin. Yaqinda Rossiya armiyasi tashabbusni qo‘lga olishga qayta urinib, sharqiy va janubiy frontning bir qancha sektorlarida hujumni qayta boshladi.

 

Ukraina armiyasi o‘tgan yozdagi muvaffaqiyatli harakatlardan so‘ng endi yana og‘ir ahvolda. Vashington Germaniya kansleri Sholsning Ukrainani zamonaviy qurol-yarog‘ bilan taʼminlash masalasidagi harakatlarini tanqid qilmoqda. Yanvar oyi oxirida Urushni o‘rganish instituti (ICV) ekspertlari “G‘arb harbiy texnikasi zarurligi ayon bo‘lgach, taʼminlashdagi uzluksiz kechikishlar mojaroning cho‘zilishiga sabab bo‘ldi”, — deb yozgan edi.

 

Albatta, ittifoqchilar tomonidan yanvar oyida Kiyevga jangovar tanklar va zirxli texnikalar yetkazib berish bo‘yicha kelishuv keyingi qarshi hujumlar uchun muhim edi. Ammo ushbu majburiyatlarni bajarishdagi kechikishlar Ukrainaning qishda qarshi hujumga o‘tishini imkonsiz qildi.

 

Ekspertlarning aytishicha, bu orqali Rossiyaga qo‘shinlar zichligini oshirish, mudofaa pozitsiyalarini mustahkamlash, o‘qitish va yangi bo‘linmalarni olib kirish uchun imkon va vaqt berildi.

 

“Eng yomoni, Ukrainani zaxira va zarur qurollar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish hamda qarshi hujumga eng yaxshi tarzda tayyorlanish uchun juda kam vaqti bor edi”, —  deyiladi institut maqolasida.

 

Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi frontda o‘z pozitsiyalarini qanchalik mustahkamlaganini Amerikaning “American Enterprise Institute” tahlil markazi tuzgan xaritada ko‘rish mumkin.

 

Shu bilan birga, yanvar oyida Ramshteyndagi oldingi uchrashuvda Ukrainaning ittifoqchilari AQSH boshchiligida Kiyevga vaʼda qilingan qurollarning sifati bo‘yicha sezilarli oldinga siljishga etishildi. Avvalo, Kiyevga Amerikaning Boeing kompaniyasi va Shvetsiyaning Saab guruhining GLСDB (Yerdan ishga tushiriladigan kichik diametrli bomba) raketalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuv natijasini berdi.

 

Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, bu raketalarning uchish masofasi 150 kilometrni tashkil etadi va ular qurol bozoriga o‘tgan yilning kuzida, yaʼni Rossiyaning 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin kirgan.

 

Britaniya qurolli kuchlariga maslahat beradigan taniqli tahliliy markaz “Royal United Servises Institute” (RUSI) noyabr oyi boshida, yaʼni Ukraina Qurolli Kuchlari uchun G‘arbning jangovar tanklari haqidagi munozaralar o‘rtasida — jangovar samolyotlarni Ukrainaga berishga chaqirdi.

 

Markazga ko‘ra, Ukraina harbiy-havo kuchlariga Rossiya armiyasini to‘xtatib turish uchun zamonaviy G‘arb qiruvchi samolyotlari va raketalari kerak. Harbiy ekspert Jastin Bronkning aytishicha, hatto ozgina sonli G‘arb jangchilari ham katta to‘xtatuvchi taʼsirga ega bo‘ladi.

 

Shuningdek, markaz Ukraina bo‘ylab G‘arb jangovar samolyotlarini kichik partiyalarda tarqatishni tavsiya qiladi.

 

“Qisqa va o‘rta muddatda yetkazib beriladigan har qanday G‘arb qiruvchi samolyoti mobil texnik xizmat ko‘rsatish uskunalari va kichik qo‘llab-quvvatlovchi guruhlardan foydalangan holda ishlay olishi kerak. Va Rossiyaning uzoq masofali raketa zarbalaridan saqlanish uchun qiyin joylarda havo yo‘laklaridan uchirishi kerak— deyiladi RUSI hisobotida.

 

Yanvar oyi oxirida Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligining rasmiy vakili Yuriy Ignat fransuz televideniyesiga bergan intervyusida Ukraina olmoqchi bo‘lgan qurollar ro‘yxatini eʼlon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, havo hududi himoyasini taʼminlash uchun Ukrainaga G‘arb uslubidagi ko‘p maqsadli samolyotlarga ega bo‘lgan beshtagacha taktik aviatsiya brigadalari zarur. Hozir u qaysi turdagi bo‘lishi aniqlanmoqda.

 

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

Ukraina G‘arbdan qachon samolyot oladi? | Zamon.uz