0

Qodirov Ukrainadan Odessa va Xarkovni tortib olishni taklif qildi

Shuningdek, Checheniston rahbari Kiyevni egallashga tayyorligini maʼlum qilgan.

Qodirov Ukrainadan Odessa va Xarkovni tortib olishni taklif qildi

 

Ramzan Qodirov Ukrainadagi “maxsus harbiy amaliyot” davomida Odessa va Xarkov viloyatlarini bosib olishni taklif qildi. Bu haqda Checheniston rahbari “Rossiya 1” telekanali efirida gapirgan.

 

Uning fikricha, bu “Rossiya chegaralarini yana-da xavfsiz qiladi”. Qodirov Rossiya tinchlik uchun urushayotganini iddao qilgan.

 

Bundan tashqari, siyosatchi zarur bo‘lsa, Kiyevgacha borishga tayyorligini bildirgan.

 

“Bizda Kiyevga borish va uni egallash uchun tirik kuch bor. Keyin prezident nima qaror qabul qilsa, o‘sha bo‘ladi”, – degan Qodirov.

 

Shu bilan birga u barcha chechen bo‘linmalari Ukraina poytaxtiga yangi hujumda ishtirok etishga shayligini taʼkidlagan.

 

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"