“Chust tumangaz” bosh muhandisi firibgarlik qildi
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Chust tumanida fuqaroning 3,7 mln so‘mini qo‘lga kiritgan muhandis aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, departamentning Chust tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “Chust tumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi bosh muhandisi O.S. fuqaro A.N.ning xonadoniga gaz hisoblagich o‘rnatib berishi va hisoblagichsiz tabiiy gazdan foydalanganligi uchun jami 3,7 mln so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, O.S. tomonidan ushbu pullarni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







