“Gazprom” rahbari ota-bola Berdimuhamedovlar bilan uchrashdi
Rossiya gaz giganti Turkmaniston tomoni bilan istiqbolli loyihalarni muhokama qilgan.

15 fevral kuni Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi rahbari Aleksey Miller Turkmanistonga bordi. U prezident Serdar Berdimuhamedov va Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashgan.
“Gazprom”ning rasmiy Telegram kanalida aytilishicha, gaz sohasidagi istiqbolli loyihalar va hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Gazprom” O‘zbekiston bilan gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzolagandi.







