0

Namangandagi “Navbahor” stadionida yong‘in chiqqani aytildi

Holat bo‘yicha FVB maʼlumot berdi.

Namangandagi “Navbahor” stadionida yong‘in chiqqani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi “Navbahor” stadionida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Tarqalgan xabarlarga asosan tuman FVB yong‘in qutqaruv ekipaji voqea joyiga borib o‘rganish ishlarini olib borgan. Maʼlum bo‘lishicha, kanal yon atrofidagi qurigan o‘tlar yongan, sodir bo‘lgan yong‘in natijasida yon atrofdagi binolarga zarar yetmagan.

 

“Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"