Dunyo okeanlari plastik chiqindiga to‘lmoqda
Okeanlarda plastiklar miqdori 2005 yilga nisbatan 10 barobarga ko‘paygan. Kimyoviy zarralar nafaqat dengiz hayvonlarida, balki odam organizmida ham aniqlangan.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda okeanlarda 171 trilliondan ortiq plastmassa suzmoqda. Ushbu plastmassa baliq va dengizdagi biologik hayotini o‘ldiradi va hatto inson tanasiga tushadi. Bu turdagi chiqindilarni zararsizroq moddaga aylanishi uchun bir necha asrlar kerak bo‘ladi.
2005 yilda okeandagi plastik chiqindilar soni 16 trillionga yetgan, o‘shandan beri ularning soni 10 baravardan oshdi. Dunyo okeanidagi plastik ifloslanishning yangi bahosi 1979 yildan beri mavjud bo‘lgan maʼlumotlar tahlili va ekspeditsiya natijalarining kombinatsiyasidan kelib chiqqan.
Baliq ovlash uchun shishalar, qadoqlash va ayrim predmetlarni tayyorlash uchun bir marta ishlatiladigan plastmassa quyosh nuri va mexanik jarayonlar taʼsirida vaqt o‘tishi bilan kichikroq bo‘laklarga bo‘linadi.
Kitlar, toshbaqalar, baliqlar va baʼzi dengiz qushlari plastmassani oziq-ovqat deb adashadi va ularni yeb yuboradi. Chiqindi oshqozonlarida to‘planib qolgan jonivorlar halok bo‘ladi.
Mikroplastmassalar shuningdek, ichimlik suviga ham kiradi, buning natijasida uning zarralari o‘pkada, tomirlarda va hatto odam yo‘ldoshida ham topilgan.
Hozircha olimlar uning inson tanasiga qanchalik zararli ekanligini aniq ayta olmaydilar.
2005 yilgacha to‘plangan maʼlumotlarda plastmassa miqdorining ko‘payishi yoki kamayishi tendensiyalari kuzatilmagan. Plimut universiteti professori Richard Tompsonning taʼkidlashicha, bu taxmin okeanlarning ifloslanishi haqida biz bilgan narsalarga mos keladi.
“Hammaga maʼlumki, okeanda juda ko‘p plastik bor. Biz zudlik bilan ushbu muammoni hal qilishga qaratilgan tadqiqotlarni boshlashimiz kerak”,— deydi u.
Okean plastmassasining eng yuqori kontsentratsiyasi hozirda Atlantikaning shimoliy qismida joylashgan. Baʼzi yirik chiqindi to‘plami boshqa joylarda, masalan, Tinch okeanida ham topilgan.
Okeandagi plastik chiqindilar yangi muammo emas, lekin u hali to‘liq hal etilmagan.
1980 yillarda bir qator majburiy xalqaro shartnomalar baliq ovlash va dengiz kemalaridan plastmassani tashlab yuborishni to‘xtatishni talab qildi.
Keyinchalik ular ixtiyoriy kelishuvlar bilan almashtirildi, mualliflarning fikriga ko‘ra, bu unchalik samarali bo‘lmagan.
Joriy yilning 5 martida okeanlarni himoya qilish kunida “Ochiq dengiz to‘g‘risidagi shartnoma” tuzildi. Yuzdan ortiq davlat yillar davomida olib borilgan muzokaralardan so‘ng okeanlarni himoya qilish bo‘yicha tarixiy kelishuvga erishdi.
Unga muvofiq, Jahon okeanining 30 foizi alohida davlatlarning hududiy suvlaridan tashqarida (uning umumiy maydonining uchdan ikki qismini egallaydi) muhofaza qilinadigan hududga aylanadi.
Shartnomada okeanlarni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni tiklash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish ham nazarda tutilgan.
Ammo tadqiqot mualliflarining taʼkidlashicha, yechimlar okeanlarni tozalash va plastmassani qayta ishlashdan ko‘ra, plastmassa ishlab chiqarish va undan foydalanishni qisqartirishga qaratilishi kerak.








