0

Dili.me nomi bilan tanilgan vayner hibsga olingani aytildi

Bu bo‘yicha Bosh prokuratura maʼlumot berdi.

Dili.me nomi bilan tanilgan vayner hibsga olingani aytildi

 

Maʼlum qilinishicha, vayner 23-yanvar kuni sheriklari bilan fuqaro P.A.ni urib tan jarohat yetkazgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan buyin tovlab kelgan. Shu sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

 

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida O‘.D. 10 mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.

 

Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Maʼlumot o‘rnida, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan norasmiy xabarlarga ko‘ra, vayner kaltaklagan P.A. o‘zining kuyovidir. Fuqaro P.A. vaynerning singlisiga qo‘l ko‘targani aytilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"