O'zbekiston

Shu yilning o‘zida oziq-ovqat yetishtirishni ko‘paytirish uchun 6,2 trillion so‘m ajratiladi

Xususan, 1 maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, QQS qaytariladi.

Shu yilning o‘zida oziq-ovqat yetishtirishni ko‘paytirish uchun 6,2 trillion so‘m ajratiladi

 

Yig‘ilishda ayrim tumanlar ularga oziq-ovqat uchun 70 ming gektar qo‘shimcha maydon berilganiga qaramasdan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi taʼminlay olmayotgani tanqid qilindi.

 

Hokimlar mavjud oziq-ovqat maydonlarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirishda tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.

 

Shu munosabat bilan hamda aholi dasturxonining to‘kin-sochinligini o‘ylab, yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha import bojlaridan imtiyoz berilishi taʼkidlandi.

 

Bundan tashqari, 1 maydan ijtimoiy reyestrga kirgan aholiga mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i xarid qilsa, qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytariladi. Bu orqali 2 milliondan ortiq oilaga yengillik yaratiladi.

 

 

Oziq-ovqat yetishtirishni ko‘paytirish uchun shu yilning o‘zida 6,2 trillion so‘m yangicha mexanizmlar asosida ajratiladi. Jumladan:

 

- Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan meva-sabzavotchilikning aylanma mablag‘lari uchun 700 milliard so‘m ajratiladi;

 

- aholiga berilgan yerlarda ko‘chat, urug‘, o‘g‘it va texnika yetkazib berish uchun jami 500 milliard so‘m beriladi.

 

1 apreldan 130 million dollar mablag‘ banklar ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlarga ajratiladi. Bunda bank ustamasi bo‘lmaydi va tadbirkor bozorga qaraganda ancha arzon kredit olish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu mablag‘lar mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va xarid qilish, texnika sotib olish uchun 10 yilgacha 14 foizdan ajratiladi.

 

Shu bilan birga, intensiv bog‘ va tokzorlar, logistika obyektlari tayyor qurilib, tadbirkorlarga lizingga beriladi. Endi, tadbirkor 20 foizini oldindan to‘laydi, qolgan 80 foizini 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘laydi.

 

Bunda tadbirkorlar o‘z loyihalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligining shaffof elektron platformasi orqali taqdim qiladi. Vazirlik loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi moliyalashtiradi.

Toşkentda havo sifati: tunning ikkinçi yarmida yaxşilaniş kutilmoqda

Toşkentda havo sifati: tunning ikkinçi yarmida yaxşilaniş kutilmoqda

28-noyabr tongiga borib havodagi ifloslantiruvçi zarraçalar miqdori kamayib, havo sifati yana mötadil darajaga qaytadi.

ÖzLiDeP 4-dekabr kuni navbatdagi Kongressini ötkazadi

ÖzLiDeP 4-dekabr kuni navbatdagi Kongressini ötkazadi

Unda 1500 nafar delegat iştirok etadi.

Saida Mirziyoyeva “2027-yil — Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili”ning oçiliş marosimida iştirok etdi

Saida Mirziyoyeva “2027-yil — Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili”ning oçiliş marosimida iştirok etdi

Saida Mirziyoyeva xorijiy delegatsiyalarga Prezident Şavkat Mirziyoyevning tabrigini yetkazdi.

Yangi Toşkentda 7,18 milliard dollarlik 20 ta yirik loyiha amalga oşirilmoqda

Yangi Toşkentda 7,18 milliard dollarlik 20 ta yirik loyiha amalga oşirilmoqda

Shaharning birinchi bosqichi doirasida esa 50 milliard dollarlik loyihalarni ro‘yobga chiqarish rejalashtirilgan.

Xorijlik fuqarolar uçun yangi mukofot: “Özbekiston ehtiromi” ordeni ta’sis etilmoqda

Xorijlik fuqarolar uçun yangi mukofot: “Özbekiston ehtiromi” ordeni ta’sis etilmoqda

Senatorlar xorijiy davlat va jamoat arboblari, yirik kompaniyalar rahbarlari hamda xalqaro taşkilot vakillarini Özbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun taqdirlaş tartibini belgilovçi qonunni ma’qulladi.

Özbekistonda YAIM hajmi: 9 yillik körsatkiçlar qayta hisoblandi

Özbekistonda YAIM hajmi: 9 yillik körsatkiçlar qayta hisoblandi

Bunda özgariş real iqtisodiy ösiş emas, statistik ma’lumotlarning töliqroq şakllantiriş hisobiga röy bergan.

“Moyka”da qoldirilgan Nexia-2 o‘g‘irlab ketildi: gumonlanuvchi qo‘lga olingan

“Moyka”da qoldirilgan Nexia-2 o‘g‘irlab ketildi: gumonlanuvchi qo‘lga olingan

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda noqonuniy “Call-markaz”lar faoliyatiga chek qo‘yildi: 122 nafar xorijlik qo‘lga olindi

Toshkentda noqonuniy “Call-markaz”lar faoliyatiga chek qo‘yildi: 122 nafar xorijlik qo‘lga olindi

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.