Saratonga qarşi yangi preparat: Bayer eksklyuziv huquqlar uçun milliardlab dollar tölaydi
Eksperimental preparat keng tarqalgan qattiq ösmalarni, jumladan, kiçik hujayrali bölmagan öpka saratonini davolaşga möljallangan.

Germaniyaning Bayer farmatsevtika kompaniyasi Xitoyning Hansoh Pharma kompaniyasi tomonidan işlab çiqilayotgan saratonga qarşi preparatni işlab çiqariş va sotiş böyiça eksklyuziv huquqlarni qölga kiritadi. Kelişuv qiymati 3,25 milliard dollargaça yetişi mumkin.
Bayer kompaniyasi ma’lumotiga köra, HS-20122 kodli eksperimental preparat keng tarqalgan qattiq ösmalarni, jumladan, kiçik hujayrali bölmagan öpka saratonini davolaşga möljallangan.
Kelişuv şartlariga köra, Hansoh Pharma dastlab 150 million dollar oladi. Preparatni işlab çiqiş, röyxatdan ötkaziş va bozorga çiqarişning belgilangan bosqiçlariga erişilganda, kompaniyaga yana 3,1 milliard dollargaça tölanişi mumkin. Bundan taşqari, kelajakdagi sotuvlar hajmiga qarab royalti tölovlari ham amalga oşiriladi.
Litsenziya Xitoy materik hududi, Gonkong, Makao va Tayvandan taşqari barça jahon bozorlarini qamrab oladi. Şartnoma monopoliyaga qarşi organlarning tegişli ruxsatnomalari olinganidan keyin kuçga kiradi.
Bayer ma’lumotiga köra, HS-20122 preparati ösma hujayralariga sitotoksik moddalarni yönaltirilgan holda yetkazib beruvçi bispesifik antitana kon’yugatlari (ADC) turiga kiradi. U ösmaning rivojlanişi va davolaşga çidamlilik şakllanişida iştirok etişi mumkin bölgan EGFR hamda c-MET retseptorlariga bir vaqtning özida ta’sir körsatişga möljallangan.
Preparatning xavfsizligi va samaradorligi böyiça klinik tadqiqotlarning birinçi bosqiçi natijalari 2026-yilda Yevropa tibbiy onkologiya jamiyati (ESMO) kongressida taqdim etilgan. Bayer uşbu natijalarni umidbaxş deb baholagan.
Kompaniya öpka saratonini davolaşda erişilgan yutuqlarga qaramay, samaradorligi yuqoriroq va bemorlar tomonidan yaxşiroq özlaştiriladigan preparatlarga ehtiyoj saqlanib qolayotganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uçun, öpka saratoni dunyoda onkologik kasalliklar orasida kasallaniş va ölim körsatkiçlari böyiça birinçi örinda turadi. Uning qariyb 85 foizini kiçik hujayrali bölmagan öpka saratoni taşkil etadi.








